Home / Madaniyat / Bidat va uning hukmi haqida

Bidat va uning hukmi haqida

bidatEhtiyot bulish lozim bulgan qalb khastaliklarining yana biri bidat hisoblanadi.

«Bidat» suzi lugatda «bir narsani yangitdan paydo qilish» manosini anglatadi.

«Bidat»ning shariy istilohi tarifiga keladigan bulsak, ulamolar bu masalada bir khil fikrga ittifoq qilmaganlar. Mazkur tariflarning hammasini jamlab tahlil qilgan mutakhassislar ularni ikki asosiy yunalishga taqsimlaydilar.

Birinchi yunalishdagi ulamolarga imom Shofeiy va u kishining mazhabidagi ulamolardan Izz ibn Abdussalom, Navaviy, Abu Shoma, molikiylardan Qurofiy va Zarqoniy, hanafiylardan Ibn Obidin, hanbaliylardan Ibn Javziy va zohiriylardan Ibn Hazm kiradi.

Bu yunalishdagi ulamolar bidatni, ibodatlarda bulsin, odatlarda bulsin, yakhshi bulsin, yomon bulsin – Quron va Sunnatda yuq va yangi paydo bulgan narsa, deb tariflaydilar.

Bu yunalishdagi tariflarning manosini uzida tula aks ettirgan tarif Izz ibn Abdussalomning tarifi bulib, unda: «Bidat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida bulmagan narsadir», deyilgan.

Birinchi yunalishdagi bidat bir necha turlarga taqsimlanadi:

  1. Vojib bidat. Nahv ilmini urganish bidatning shu turiga kiradi. Chunki bu ilmni bilmasdan Quron va Sunnatni bilib bulmaydi. Bu ikki manbani urganish vojib. Vojibni bajarishga khizmat qiladigan narsa ham vojib buladi. Demak, Quron va Sunnatni urganish uchun nahvni urganish vojib.

Bu narsa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida bulmagan. Hazrati Ali roziyallohu anhuning davrlarida nahv ilmini urganish borasida birinchi qadam quyildi.

  1. Harom bidat. Qadariya, Jabriya, Murjia va Khavorij mazhablari. Bular ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida bulmagan.

Ularning hammasi keyin chiqqan va Islomga qarshi aqida va fikrlarni uzlariga shior qilib olgan. Bu mazhablarga yurganlar dindan chiqqan hisoblanadi.

  1. Mandub bidat. Madrasalar tashkil qilish va tarovih namoziga ukhshash narsalar. Bular ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vaqtlarida bulmagan, keyin yulga quyilgan va foydali bulgani uchun «mandub» deb baholangan.
  2. Makruh bidat. Masjidlarni naqshi nigor bilan bezashga ukhshash narsalar.
  3. Muboh bidat. Namozdan keyin qul berib kurishish va emoq, ichmoq, kiymoqda lazzat va chiroyni ikhtiyor qilish kabilar.

Birinchi yunalish tarafdorlari bidatning mazkur besh qismga taqsimlanishiga dalillar ham keltirganlar:

  1. Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim Islomda guzal sunnat paydo qilsa va undan keyin usha sunnatga amal qilinsa, unga ushanga amal qilganlar ajriga ukhshash ajr, ularning ajridan biror narsa noqis qilinmagan holda yozilib turadi. Kim Islomda bir yomon sunnat paydo qilsa va undan keyin usha sunnatga amal qilinsa, unga usha amal qilganlar gunohiga ukhshash gunoh, ularning gunohlaridan biror narsa noqis qilinmagan holda yozilib turadi», – dedilar».

Muslim rivoyat qilgan.

  1. Abdurrohman ibn al-Qoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Umar ibn Khattob roziyallohu anhu bilan Ramazon kechalarining birida masjidga chiqdim. Qarasak, odamlar guruh-guruh bilan tarqoq hollarida: kimdir uzi namoz uqimoqda, kimdir namoz uqisa, bir necha kishi unga iqtido qilmoqda. Shunda Umar: «Menimcha ana ularni bir qori(orti)ga jamlasam yakhshi buladi», – dedi. Sungra ularni Ubay ibn Kabning ortidan jamladi. Keyin, boshqa bir kechada men yana u bilan chiqqanimda, odamlar qorilarga iqtido qilib namoz uqishar edi.«Bu qandoq ham yakhshi bidat. Bu vaqtda ukhlab yotganlaridan kura qoim bulganlari afzal», – dedi hazrati Umar. Kechaning okhirida, demoqchi. Odamlar kechaning avvalida qoim bulishar edi».

Molik rivoyat qilgan.

  1. Mujohid roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Urva ibn Zubayr bilan birga masjidga kirdik. Qarasak, Abdulloh ibn Umar Oisha roziyallohu anhoning hujrasi oldida utirgan ekan. Odamlar bulsa, jamoat bulib Zuho namozi uqimoqdalar. Biz ularning namozi haqida suradik, «Bidat» – dedi».

Muslim va Ahmad rivoyat qilishgan.

Kupchilik mazkur tarifga binoan, bidatni ikkiga taqsimlab quya qoladilar va bidat ikki khil: yakhshi va yomon bidat, deydilar.

Ikkinchi yunalishdagi ulamolar – imom Molik, Shotibiy, Turtishiy, hanafiylardan imom Shumunniy va Ayniy, shofeiylardan Bayhaqiy, Ibn Hajar Asqaloniy va Ibn Hajar Haysamiy, hanbaliylardan Ibn Rajab va Ibn Taymiyaning fikricha, bidatning barchasi – ibodatdagisi ham, odatdagisi ham zalolatdir.

Ikkinchi yunalishdagi tariflarning eng mash­huri va jamlovchisi imom Shotibiyning tarifi hisoblanadi. U kishi bidatni ikki khil tarif qilgan:

  1. Bidat dinda yangi ikhtiro qilingan yul bulib, u ila shariatga ukhshatish kiritiladi. Unga yurish ila Allohga ibodat qilishda mubolaga qasd qilinadi.

Bu tarifda din javhariga yangi uzgarish kiritish haqida, ibodatlarda shariat kursatgan yulga ukhshash yul paydo qilish haqida suz borayotgani ochiq-oydin kurinib turibdi.

  1. Bidat dinda yangi ikhtiro qilingan yul bulib, u ila shariatga ukhshatish kiritiladi. Unga yurishdan shariat yuliga yurish qasd qilinadi.

Imom Shotibiyning ikkinchi tarifi birinchisidan keng bulib, unda ibodat va odatlardagi yangi ikhtiro qilingan narsalar bidat ekani takidlangan.

Imom Shotibiy bidat masalasini eng kup bahs qilgan olimlardan va bidatga qarshi turuvchilardan biridir.

Haqli ravishda, nima uchun imom Shotibiy bidatni ikki khil tarif qilgan, degan savol paydo buladi. Bu savolga ulamolarimiz, «Imom Shotibiy bunda boshqalarning bidat manosini keng yoki tor olganiga etibor bergan», deb javob berganlar.

Imom Shotibiyning birinchi tarifida «bidat faqat ibodatlarda buladi», deganlarning fikri, ikkinchi tarifida esa «bidat ibodatlarda ham, odatlarda ham buladi» deganlarning fikri uz ifodasini topgan.

Imom Shotibiyning uzi esa bidat faqat aqida va ibodatlarga khos bulishiga moyil bulgan.

Har ikki tarifdagi bizga kerak bulgan asosiy mano «Bidat dinda yangi ikhtiro qilingan yul» degan jumladir.

Demak, musulmonlar ichida yangi paydo bulgan narsa bidat bulishi uchun dinning asosiga oid bulishi shart ekan. Unga ham khuddi shariatning asosiy ibodatlari maqomi berilishi ekan.

Quyidagi hadislarda khuddi shu mano kuzda tutilgan.

  1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim bizning bu ishimizda undan bulmagan narsani yangitdan paydo qilsa, u marduddir», – dedilar».

Bukhoriy va Muslim rivoyat qilishgan.

Paygambar sollallohu alayhi vasallam «ishimiz» deganlaridan murod dinimiz, deganlaridir.

  1. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, eng sodiq kalom Allohning Kitobidir, eng yakhshi hidoyat Muhammadning hidoyatidir. Ishlarning eng yomoni yangi paydo bulganlaridir. Har bir yangi chiqqan ish bidatdir. Har bir bidat zalolatdir. Barcha zalolat duzakhdadir», – dedilar».

Bukhoriy, Muslim va Nasaiy rivoyat qilishgan.

Binobarin, musulmonlar hayotida yangi paydo bulgan va dinning asosiga dakhldor bulmagan narsalar bidat bulmaydi. Har bir yangi paydo bulgan narsa bidat, har bir bidat zalolat, barcha zalolat duzakhda bulsa, holimiz ne kechar edi?

Paygambarimiz hayotlik davrlarida Quroni Karim kitob shakliga keltirilmagan, madrasalar qurilmagan, turli ilmlar shakllanmagan, kitoblar yozilmagan edi.

Bularning barchasi keyin paydo buldi va barcha musulmonlar, jumladan, bidat manosini tor olgan ulamolar ham bu ishlarni katta quvonch bilan maqullaydilar.

Biz bu maqomda «bidati sayyia» – yomon bidat haqida suz yuritamiz. Aynan shu turdagi bidat banda nafsining kirlanishiga va akhloqining buzilishiga sabab buladi.

Alloh taolo bidatni qoralab «Hadid» surasida: «Sungra ularning ortidan Paygambarlarimizni ketma-ket yubordik va Iyso ibn Maryamni ham ortlaridan yubordik hamda unga Injilni berdik. Unga ergashganlarning qalblariga mehribonlik va rahimdillikni soldik. Rohiblikni uzlari chiqarib oldilar, Biz buni ularga farz qilmagan edik, faqat uzlari Allohning roziligini tilab qildilar, lekin haqiqiy rioyasini qila olmadilar. Bas, ulardan iymon keltirganlariga ajrlarini berdik, lekin ularning kupi fosiqlardir», degan (27-oyat).

Alloh taolo Iyso alayhissalomga ergashganlarning, u zotning davatlarini qabul qilganlarning qalblariga mehribonlik va rahimdillikni solib, ularni qupollik va rahimsizlikdan saqladi.

Iyso alayhissalomning buzilmagan, tugrilikcha turgan davatlariga ikhlos bilan ergashganlarda ushbu sifatlar mujassam bulgan.

Ammo Iyso alayhissalomdan keyin kup utmasdan, u Zotning talimotlari butunlay buzilib ketdi. Binobarin, mazkur ikki sifat ham buzilib, Iyso alayhissalomga ergashganlikni davo qiladiganlar ichidan sanoqsiz bidatchilar chiqdi.

«Rohiblikni uzlari chiqarib oldilar, Biz buni ularga farz qilmagan edik, faqat uzlari Allohning roziligini tilab qildilar, lekin haqiqiy rioyasini qila olmadilar.»

Rohiblik tarkidunyochilikdan iborat bulib, urislarda «monakhlik» deyiladi. Monakhlikni ikhtiyor qilgan erkak – erkaklar monastirida, ayol – ayollar monastirida, oila qurmay, dunyoni tark etib, hayot kechiradilar.

Quroni Karim bunday rohiblikni Alloh Iyso alayhissalomga ergashuvchilarga buyurmaganini, balki ular uzlari bidat sifatida keyinchalik uylab topib, odat qilishganini eslatmoqda.

Ularning bidat ravishda ikhtiro qilgan tarkidunyochiliklari kuproq qushimcha ibodat qilish, dunyoga qiziqmaslik, jamoatdan chetda bulish, etiborsiz kiyimlar kiyish, faqat usimliklar bilan ovqatlanish, oila qurmaslikdan iborat edi. Ular ushbu ishlarning barchasida khatolikka yul quydilar.

Bidatlar asli jihatidan ikki khil buladi: etiqodiy va amaliy. Etiqodiy bidatlar aqidaga, amaliy bidatlar shariatga oiddir.

Bidatlarning eng khatarlisi etiqodda bulganidir. Ular kup bulib, asosan, Ahli sunna va jamoadan ajrab chiqqan turli toifalar usha bidatlar tufayli yuldan ozganlar.

Quroni Karim va sunnati mutohharadan khabardor hamda Ahli sunna va jamoa muhitida yashab yurgan kishi uchun bidatlarni bilib olish qiyin emas.

Dastlab paydo bulgan etiqodiy bidatchi firqalar turttadir.

  1. Khavorijlar. Bu firqa johil parhezgorlik, dinda haddan oshish, esipastlik, haq ahliga qarshi botil ila chiqish, umumiy va bir-biriga ukhshash matnlarni mahkam tutishga asoslangan bulib, musulmonlarning boshiga kuplab balo-ofatlar yogilishiga sabab bulgan.
  2. Murjialar. Bu firqa khavorijlarga qarshi harakat sifatida paydo bulgan. Ular: «Iymon ila masiyat zarar qilmaydi», degan fikrni uzlariga shior qilib olganlar.
  3. Shiyalar. Bu firqa Paygambar sollallohu alayhi vasallamning ahli baytlari khususida guluvga ketishga asoslangan edi.
  4. Mutaziliylar. Bu firqa shariy matnlarni tavil qilishda haddan tashqari keng yul tutgan va gumonli qoidalarni ishga solish ila tanilgan edi.

Hozirgi kunimizda ham ushbu turt toifaning fikrlaridan bazilari tez-tez tarqalib, odamlarni tashvishga solib turgani sir emas. Bularning tasiridan chuqur ilm va ilmda peshqadam ulamolar yulini mahkam tutish bilangina sog qolish mumkin.

Hazrati Umar roziyallohu anhu olim zot sifatida uzlari bilmagan narsani gapirishdan qattiq qurqar edi. U kishi ilmni davo qilib, odamlar ichida turli masalalarni urinsiz quzgaydiganlarga qarshi edi. Ularni doimo taqib qilar, etiqodiy bidatni quzgatmoqchi bulganlarni qattiq jazolar edi.

Imom Dorimiy va boshqalar Umar ibn Khattob roziyallohu anhuning mavlosidan quyidagilarni rivoyat qiladilar: «Subayg al-Iroqiy musulmon askarlar ichida Qurondagi turli narsalardan suray boshladi. U Misrga kelganda Amr ibn Oss uni Umar ibn Khattob roziyallohu anhuga yubordi.

Chopar maktubni olib kirganda Umar uni uqib bulib:

«Bu odam qani?» – dedi.

«Yuklar bilan», – dedi u.

«Tez top! Agar ketib qolgan bulsa, senga alamli uqubat etadi!» – dedi.

Uni olib keldi. Umar unga, nimalar haqida suraysan, dedi. U aytib berdi. Umar menga khurmo shokhi surab odam yubordi. Uni usha bilan urib orqasini yara qildi.

Keyin uni shu holda quyib, tuzalgandan keyin yana urdi. Sungra uni tek quyib, tuzalgandan keyin yana urdi. Keyin uni yana urish uchun oldirib keldi.

Shunda u: «Ey muminlarning amiri, agar meni uldirmoqchi bulsangiz, chiroyli qilib uldiring. Agar davolamoqchi bulsangiz, Allohga qasamki, tuzaldim», – dedi.

U kishi unga uz yurtiga ketishga izn berdi va Abu Muso al-Ashariy roziyallohu anhuga: «Musulmonlardan hech kim u bilan utirmasin», deb maktub yozdi.

Bu ish haligi odamga juda ham ogir buldi. Abu Muso Umarga, uning holi yakhshi buldi, deb yozdi. U ham uz navbatida, odamlarga u bilan utirishga izn beraver, deb yozdi».

Bu odam Bani Tamimlik Subayg ibn Asal bulib, Qurondagi bazi oyatlardan ikhtilofli masala chiqarishga urinar edi.

Hazrati Umar kurgan choradan keyin u yuz kishining oldiga kelsa ham, hammasi tarqalib ketar edi. Avvallari u uz qavmida sayyid edi. Bundan keyin haqir buldi.

Amaliy bidatlarga keladigan bulsak, khulosa tarzida quyidagilarni aytishimiz mumkin. Mujtahid ulamolar bidatligiga ittifoq qilgan narsalardan juda ehtiyot bulish va yaqiniga yulamaslik kerak.

Mujtahid ulamolarning uzlari bidat yoki bidatmasligida ikhtilof qilgan narsalarda kengchilik bor.

Bidatning hukmi:

  1. Aqidadagi bidat dinda malum bulgan ochiq-oydin etiqodga khilof bulsa, harom buladi hamda kufrga olib boradi.

Agar aqidadagi bidat yuqoridagi zikr qilingan narsadan past va Ahli sunna val jamoa aqidaviy mazhabiga khilof bulsa, fisq buladi.

  1. Ibodatdagi bidat gohida harom, gohida makruh bulishi mumkin.

Haromiga tarkidunyochilik, oftobda turib ruza tutish va ayollarga yaqinlashmaslik uchun uzini bichish kabi bidatlar misol buladi.

Ibodatdagi makruh bidatga, juma khutbasida sultonlarni zikr qilish va masjidlarni ortiqcha bezash misol buladi.

  1. Odatlardagi bidat makruh yoki muboh bulishi mumkin: eb-ichishda isrof qilish – makruh, emoq va ichmoqda lazzatni istash – muboh.

Bidatning kelib chiqish sabablari:

  1. Quron va Sunnat talimotlarini bilmaslik.
  2. Shariatning nuqsonsiz va mukammal ekanini tushunib etmaslik.
  3. Quroni Karim oyatlari va hadisi shariflarda bir-biriga zidlik yuqligini tushunib etmaslik.
  4. Sunnatning aslini va uning sahihini bilmaslik.
  5. Aqlga haddan tashqari ishonib ketish.
  6. Mutashobih – bir-biriga ukhshash va oddiy odam tushunishi qiyin bulgan matnlarga ergashib ketish.
  7. Havoyi nafsga ergashish.
  8. Urf-odatlarni mahkam ushlab olish.
  9. Ota-bobolarining qilgan ishini dindan deb bilish.
  10. Bazi taqlidchilar mazhabiga mahkam yopishib olish.
  11. Buzuq tasavvufga ergashish.
  12. Tushga amal qilish.

Bidatga qarshi qilinishi kerak ishlar:

  1. Quroni Karimni atroflicha, yakhshi va pukhta urganib, unga amal qilish.
  2. Sunnati mutohharani atroflicha, yakhshi va pukhta urganib, unga amal qilish.
  3. Ijtihodga salohiyati yuq kishilarning gapini qabul qilmaslik.
  4. Qandaydir gap yoki fikrga nisbatan taassubni tark qilish.
  5. Ovomlarning dinda gap yuritishini man qilish.
  6. Ahli sunna val jamoa aqidaviy mazhabi va mutabar fiqhiy mazhablarga khilof bulgan toifa, firqa va guruhlarni jilovlash.
  7. Musulmonlarning rahbarlari buzuq yuldagi firqalarning odamlariga nasihat qilib, ularni tugri yulga boshlashlari zarur.

Bidatning zararlari:

  1. Amallar habata buladi.
  2. Shayton bidatchiga yaqin buladi.
  3. Haq bilan botilning aralashib ketishi.
  4. Islomni yakhshi bilmaganlar nafratining quzishi.

Albatta, masiyat bilan bidatning orasida farq bor. Osiy masiyatni, gunoh ekanini bilib, khijolat bulgan holda amalga oshiradi. Savobdan mahrumligini va jazoga giriftor bulishini ham biladi.

Ammo bidatchi uzini haq yulda deb biladi. Uzgalarni unga ergashmaganlikda ayblaydi. Bidati uchun savob olishiga qattiq ishonadi.

Har bir banda boshqa salbiy narsalar kabi bidatdan ham uzoqda bulishi lozim.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари