Home / Jahon / Bayden AQSh prezidenti lavozimi uchun ertuladan kurash olib bormoqda
Место рекламы

Bayden AQSh prezidenti lavozimi uchun ertuladan kurash olib bormoqda

AQShning sobiq vise-prezidenti, Demokratlar partiyasidan AQSh prezidenti lavozimiga nomzod bulish huquqi uchun kurashayotgan Jo Bayden siyosiy faoliyatini uz uyi ertulasidan olib borishga majbur bulmoqda.

Foto: AP

Bu haqda The Washington Post nashri khabar berdi.

Bu maqsadda Bayden tomonidan hordiq chiqarish uchun qullangan ertula televizion intervyular va videomurojaatlar olib borishga muljallangan studiya kurinishiga keltirilgan. Nashrning takidlashicha, bu erda yozilayotgan kontentni sifatli deb bulmaydi: Baydenning murojaati yozilgan fon yomon yoritilgani sababli, hattoki siyosatchining bazi tarafdorlari ham videoni terrorchilar ishtirokidagi videoga qiyoslashgan.

Shuningdek, Bayden videoanjuman formatini qullashga uringan. Biroq OAVda bu urinish ham muvaffaqiyatsiz deb topilgan, chunki translyasiya tekhnik muammolar bilan borgan va Facebook Live’da bor-yugi 4 daqiqa davom etgan.

Noyabrda 78 yoshni qarshilaydigan siyosatchi AQShda koronavirus epidemiyasi sababli bir necha haftadan beri uz uyida karantinga amal qilmoqda. Bu esa unga prezidentlik kampaniyasini olib borishida qiyinchilik tugdirmoqda. 17 martdan 23 martgacha esa Bayden umuman kurinish bermagan. Bu orada amaldagi prezident, respublikachilardan asosiy nomzod Donald Tramp aksincha har kuni brifinglar utkazmoqda va intervyular bermoqda.

Okhirgi malumotlarga kura, Demokratlar partiyasidan nomzod bulish uchun kurashda etakchilik qilayotgan Baydenni 1215 ovoz beruvchi delegat, uning raqibi senator Berni Sandersni 910 delegat qullab-quvvatlamoqda. Saylovlarda ishtirok etish uchun 1991 delegatning roziligini olish lozim. Respublikachilar orasida esa suzsiz Tramp etakchilik qilmoqda.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

96003b76d7beec66b4931c422bed101b

Avraam Linkolnni kiyintirgan 200 yillik tarikhga ega brend bankrot buldi

AQShning uzoq yillik tarikhga ega kompaniyalaridan biri Brooks Brothers bankrotga uchradi. 202 yil davomida ushbu …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари