Koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli WikiLeaks asoschisi Julian Assanj Belmarsh qamoqkhonasidan zudlik bilan ozodlikka chiqarilishi yoki uy qamogiga utkazilishi shart. BMTning qiynoqlar masalalari buyicha makhsus maruzachisi Nils Melser Britaniya hukumatiga ana shunday chaqiriq bilan chiqdi.
Ekspertning bayonotida aytilishicha, “dastlab Britaniya hukumati Assanjni Shvesiya hukumatining jinsiy zuravonlik tugrisidagi takidi asosida berilgan order asosida ushlagan”. Ammo ushandan beri bu takid “dalillar yuqligi uchun rasman olib tashlangan”.
“Bugun uni AQShga ekstradisiya qilish masalasi buyicha bulib utayotgan sud jarayonida qatnashishini taminlash maqsadidagina ushlab turishibdi. Bu jarayon bir necha yilga chuzilishi mumkin”, – dedi Melser.
“Janob Assanj ozodlikdan mahrum qilingan jinoyatchi emas va u hech kimga khavf tugdirmaydi”, – deya takidladi u.
Uning suzlariga kura, WikiLeaks asoschisini yuqori darajadagi khavfsizlik taminlangan qamoqkhonada tutib turishga zarurat yuq.
Pandemiyani va Assanj tutib turilgan qamoqkhona sektorida 65 nafar mahbus koronavirusga chalingani haqidagi khabarlarni hisobga olib, alternativ chora qullash lozim, deb hisoblamoqda BMT eksperti.
48 yoshli Assanj 2019 yilda Londonda hibsga olingan. Ayni vaqtda Britaniya sudi uning AQShga topshirilishi buyicha ishni kurib chiqmoqda.