Home / Madaniyat / Azon va iqomatning sunnatlari

Azon va iqomatning sunnatlari

azon-va-ikomatAzonning sunnatlari

 Ular beshtadir:

1. Eshituvchi muazzin «Hayya alassolah, hayya alalfalah» lafzidan boshqani aytganda muazzin aytadiganini aytishi. «Hayya alassolah, hayya alalfalah» deganda «La havla va la quvvata illa billah» deyishi.
Bukhoriy va Muslim rivoyat qilganlar.

Ushbu sunnatning samarasi: Muslimning sahihida sobit bulganidek, u senga jannatni vojib qiladi.

 2. Eshituvchi: «Va ana ashhadu alla ilaha illallohu va anna Muhammadan Rosululloh, roziytu billahi Robban, va bilislami dinan, va bi Muhammadin Rosulan», deyishi.

Muslim rivoyat qilgan.

Ushbu sunnatning samarasi hadisda kelganidek, unga magfirat qilinadi.

 3. Muzzinga ijobat qilishdan forig bulganidan keyin, Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovat aytish. U Zotga aytiladigan salovatning eng komili «Ibrohimiy salovatdir». Undan kura komilroq salovat yuq.

Dalil: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qachonki muazzinni eshitsangiz, uning aytayotgan narsani aytinglar, sungra menga salovot aytinglar. Chunki kim menga bir salovat aytsa, albatta, Alloh unga un salovat aytadi», dedilar.
Muslim rivoyat qilgan.

 Ushba sunnatning samarasi: Albatta, Alloh bandaga unta salovat aytadi. Allohning bandaga bulgan salovati, yani malaul aloda uni maqtashidir.

Ibrohimiy salovat: «Allohumma solli ala Muhammadiv va ala Ali Muhammad. Kama sollayta ala Ibrohima va ala Ali Ibrohim, innaka hamidum majid. Allohumma barik ala Muhammadiv va ala Ali Muhammad. Kama barokta ala Ibrohima va ala Ali Ibrohim. Innaka hamidum majid».
Bukhoriy rivoyat qilgan.

 4. U Zot sollallohu alayhi vasallamga salovat aytganidan keyin: «Allohumma, Robba hazihid davatit tammati vas solatil qoimati ati Muhammadanil vasilata val fazilata vabashu maqomam mahmudan allaziy vaadtah», deyishi.

Bukhoriy rivoyat qilgan.

Sharh: Bu hadisi sharifda kelgan duoning manosi quyidagicha: «Ey bor Khudoyo! Ey ushbu tugal davatning va qoim buladigan namozning Robbisi! Muhammadga vasilani va fazilatni bergin. Hamda uni Uzing unga vada qilgan maqomi mahmudda qayta tiriltirgin».
Bu duoning samarasi: kim uni aytsa, unga Nabiy sollallohu alayhi vasallamning shafoatlari  halol bulur.

5. Ushandan keyin uzi uchun duo qilishi. Allohning fazlidan suraydi, albatta, unga istijobat buladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Ular, yani muazzinlar aytadiganlari kabisini aytgin. Agar tugatsang, sura, u senga beradi», dedilar.

Abu Dovud rivoyat qilgan, Hofiz ibn Hajar hasan degan va Ibn Hibban sahih qilgan.

 Iqomatning sunnatlari

Iqomat aytilganida ham azon sunnatlarining avvalgi turtta sunnati takrorlanadi.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари