Home / Jamiyat / Aziz Abduhakimov khalqaro avtomobilsiz kunda ishga velosipedda keldi. Coglom turmush tarziga doir qaror chiqishi kutilmoqda
Место рекламы

Aziz Abduhakimov khalqaro avtomobilsiz kunda ishga velosipedda keldi. Coglom turmush tarziga doir qaror chiqishi kutilmoqda

Bugun, 22 sentyabr – jahon miqyosida avtomobilsiz kun sifatida nishonlanmoqda. Har yili shu kuni dunyoning kuplab yirik shaharlarida piyoda va velosipedda harakatlanishga targib qiluvchi aksiyalar tashkil etiladi.

Uzbekiston bosh vaziri urinbosari Aziz Abduhakimov ham 22 sentyabr – khalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan shu kuni ishga velosipedda bordi. U avvalroq barcha uzbekistonliklarni ushbu aksiyada faol qatnashishga chaqirgan edi.

«Bugun ishga odatdagidan vaqtliroq yulga chiqib, velosipedda bordim. Bu kishi kayfiyatiga katta ijobiy tasir qiladi», – dedi Abduhakimov Kun.uz mukhbiri suhbatda.

Bosh vazir urinbosari suhbat davomida Uzbekistonda soglom turmush tarzini targib qilish yangi darajaga chiqishi haqida aytib utdi.

Uzbekistonning kuplab shaharlarida velosiped yulaklari quriladi

«Albatta, bitta kamchilik yaqqol kurinyapti: shahrimizning kup joylarida hali velosiped yulaklari yuq. Ayni paytda makhsus ishchi guruh bu masalani ham qamrab olgan qaror loyihasini tayyorlayapti.

Unga asosan, nafaqat Toshkent shahrida, balki butun respublikamizdagi yirik aholi punktlarida velosiped yulaklari, piyoda yurish va yugurish marshrutlari tashkil etiladi. Bundan tashqari, stritboll (kucha basketboli), street workout (mashgulot maydonlari), mini futbol, badminton kabilarni butun respublikamiz buyicha ommalashtirish, kerakli infrastrukturani yaratish choralari kuriladi», – dedi Uzbekiston badminton federasiyasi raisi Aziz Abduhakimov.

Ommaviy sport davlat siyosati darajasiga kutariladi

Malum bulishicha, hozirda Vazirlar Mahkamasida bosh vazir urinbosari Aziz Abduhakimov rahbarligida ishchi guruh tashkil etilib, Uzbekistonda ommaviy sport va soglom hayot tarzi targibotini kuchaytirish, bu yunalishni davlat siyosati darajasiga olib chiqish borasida ishlar olib borilmoqda.

«Soglom turmush tarzi Uzbekistonda har bir fuqaroning kundalik hayotidan urin olishi buyicha dastur ishlab chiqilmoqda. Yaqin orada tegishli qaror loyihasi muhokama uchun elon qilinadi. Bu borada keng jamoatchilikdan takliflar berishini surab qolardik.

Hozirgi kunda ishchi guruh har kuni ish olib boryapti, qaror loyihasi qator vazirliklar va ekspertlar ishtirokida ishlab chiqildi», – dedi Aziz Abduhakimov.

Aholini soglom ovqatlanishga chaqirish buyicha faol targibot olib boriladi

Hukumat azosining suzlariga kura, soglom ovqatlanish masalasiga oid yana bir alohida qaror loyihasi ishlab chiqilyapti.

«Aholimiz orasida meyoridan ortiq va betartib ovqatlanish odati keng yoyilgan. Afsuski, bu uz urf-odatlarimiz va milliy taomlarimiz bilan ham bogliq», – dedi Abduhakimov.

Milliy sport turlariga etibor kuchaytiriladi

Bosh vazir urinbosarining aytishicha, qabul qilinishi kutilayotgan qarorda ommaviy sportni targib qilish buyicha ham kuplab vazifalar belgilab beriladi.

«Jahon etnosport konfederasiyasi (WEC) bor. Yaqinda YuNESKOdagi elchimiz Umid Shodievga vakolat bergandik, u tashkilotda maruza bilan chiqish qildi va uning tashabbuslari ijobiy qabul qilindi. Natijada YuNESKO Khalqaro etnosport konfederasiyasini uzining rasmiy hamkori sifatida etirof etdi.

Bu konfederasiyaning Uzbekistondagi ofisini tashkil etish buyicha ishlar boshlangan. Utgan yili «UzReport» agentligi bosh direktori WEC kengashining raisi etib tayinlandi.

YuNESKO bilan ham muntazam muloqotda bulib turibmiz. Ular bilan hamkorlikda viloyatlarga ekspedisiyalar tashkil qilinib, ananaviy va yuqolib ketayotgan mahalliy sport turlarini urganish, ularni rasmiylashtirish, uyin qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash, bu uyinlar haqida videoqullanmalar yaratishni rejalashtiryapmiz.

Bu bilan aholimizni, ayniqsa yoshlarimizni ommaviy sportga, khususan etnosportga keng jalb etmoqchimiz.

Prezidentimiz maqom va bakhshichilik sanatlarini tiklab berdilar. Shuning mantiqiy davomi sifatida, keyingi bosqichda etnosportga katta etibor beriladi. Bu nafaqat kurash yoki tosh kutarishdangina iborat emas, ananaviy sportning kuplab turlari bor. Ularni viloyatlarga chiqib urganish, tizimlashtirishimiz lozim; aks holda, afsuski, ular yuqolib ketyapti. Oddiy misol, dorbozlikni ham etnosport deyish mumkin», – dedi Aziz Abduhakimov.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

H3OyRnDwLEsETeDpCkPgaK8SyE96wNNU

Ozarboyjon Ganji shahri uqqa tutilgani uchun Armanistonga qanday javob qaytarishini malum qildi

Avvalroq Ozarboyjon Armaniston va tan olinmagan Togli Qorabog Respublikasi qurolli kuchlari tomonidan Ganji shahrining uqqa …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари