Home / Iqtisodiyot / Avtozavod ishlamasa, Uzbekiston aholisi nima yuqotadi? UzAuto Motors vakili javob berdi
Место рекламы

Avtozavod ishlamasa, Uzbekiston aholisi nima yuqotadi? UzAuto Motors vakili javob berdi

11 mart kuni deputat va senatorlar hamda «Uzavtosanoat» va UzAuto Motors vakillari urtasida muloqot bulib utdi. Bu haqda Kun.uz mukhbiri khabar bermoqda.

Deputat Rasul Kusherbaev avtomobilsozlik sohasi rahbarlariga savollar bilan yuzlandi.

«Balki men notugri uylayotgandirman, sizlar mutakhassissizlar. Tasavvur qilib kuraylik, ayni paytda Uzbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod ishlamasa, 34 millionlik Uzbekiston aholisi nimani yuqotadi?» – suradi Kusherbaev.


Rasul Kusherbaev

Savolga UzAuto Motors`ning moliyaviy masalalar buyicha boshqaruvi direktori Aleksandr Sakhapov javob berdi.

«Kamida 18 mingta ish urnini yuqotamiz. Bir nafar ishchi oilasida uch kishi bulsa, bu raqamni uchga kupaytirishimiz kerak.

Ikkinchidan, biz QQS buyicha tulovlarning uzidangina 4 trillion sum miqdoridagi byudjet tushumlarini yuqotamiz», – dedi Aleksandr Sakhapov.


Aleksandr Sakhapov

Mahalliy bozordagi avtomobillar zavoddan ayrim defektlar bilan chiqishi rad etildi

Rasul Kusherbaevning boshqa bir savoli ortidan muhokama qizgin kechdi, bu savol uchun deputat populizmda ayblandi.

«Eksport uchun va mahalliy aholi uchun ishlab chiqilayotgan avtomobillar sifatida farq bor. Eksport namunasi juda yakhshi deyishadi. Men kurmaganman. Afsuski, biz eksport uchun muljallangan avtomobillarni kharid qilishdan mahrummiz.

Uzimizning mahalliy aholi uchun ishlab chiqilayotgan avtomobillar esa defektlar bilan chiqarilmoqda. Har bir olingan avtomobilni, Sergeli bozoriga olib borib, 400-500 ming sumdan 1 mln sumgacha yangi mashinaga qushimcha kharajat qilib, rezinalarini urnatish kerak. Guyoki, tasavvur paydo bulyapti, zavod bilan Sergeli bozori mamuriyati kelishib olgandek. Borishingiz bilan qaerda nima kamchiligi borligini topib berishadi. Yangi mashinada kamchiliklar borligini kurib hayron qolasiz.

Savol: eksport uchun sifatli chiqarilayotgan avtomobillar nega uzimizning fuqarolarimiz uchun ham shunaqa sifatli chiqarilmaydi?»

Kusherbaevning savoliga «Uzavtosanoat» strategik rejalashtirish, tahlil va rivojlantirish boshqarmasi rahbari Rustam Qodirov javob berdi.


Rustam Qodirov

«Sifatlar orasidagi tafovut haqida. Birinchidan, sifat va komplektasiya (jihozlanish tuplami) tushunchalarini alohida tasavvur qilishlaringizni khohlar edim. Negaki, eksport bozorlari, jumladan Rossiyada avtomobil komplektasiyasiga uziga khos talablar borki, u talablar Uzbekistonda yuq. Masalan, u yoqda iqlim sovuqroq bulgani uchun urindiqlar isitiladigan bulishi kerak.

Buni biz ichki bozordagi avtomobillarga ham quyishimiz mumkin, ammo bu narkhning kutarilishiga olib keladi. Biz yaqinda 500 ming sum evaziga eksport uchun chiqarilayotgan avtomobillardagi mavjud opsiyalarni quyib berish buyicha aksiya elon qildik, bu – urindiqlar yoki rulni isitish moslamalari va hokazo.

Ushanda ham OAVda avtomobil narkhi qimmatlashgani haqida yozildi. Ayni opsiyani Sergeli bozoridan kharid qilib urnatsa, 3-4 mln sumga aylanadi.

Bizda urindiqni isituvchi moslama kerak emas. Rossiyada, import talabi buyicha urnatishga majburmiz. Kunduzgi yurish chiroqlari masalasida ham shunday edi. Utgan yili Uzbekistonda ham shu talab kiritildi. Biz ham ushbu chiroqlarni urnatib chiqarishni boshladik. Shunday bulsa-da, uning narkhi avtomobil qiymatiga qushilmadi. Vaholanki, har bir detal 300 ming atrofida bulganidan keyin, katta summaga aylanadi. Buning barchasini inobatga olishimiz lozim», – dedi Rustam Qodirov.

«Uzavtosanoat» vakilining aytishicha, sifat nuqtayi nazaridan hech qanday savol bulishi mumkin emas, chunki eksportga va mahalliy bozorga etkazib berilayotgan avtomobillarning barchasi bir konveyerdan chiqadi hamda bir khil butlovchi qismlar ishlatiladi.

«Sifat masalasini oladigan bulsak, eksportga yuboriladigan, balki mahalliy bozorga ketadigan mashina ham bir konveyerdan chiqadi. «Brak»lar khususida tan olib aytishimiz kerak. Qolaversa, buni dunyoning barcha avtomobil ishlab chiqaruvchilari ham tan oladi, qandaydir kamchiliklarga yul quyilishi bor. Inson omili bor», – dedi Rustam Qodirov.

Deputat Kusherbaev, uz navbatida, nima uchun barcha avtomobillarda bir khil «brak» kuzatiladi, degan savolni urtaga tashladi.
Bu nafaqat «Uzavtosanoat» vakillari, balki ayrim deputatlar, khususan, ushbu tadbir tashkilotchisi bulgan «Milliy tiklanish» partiyasi etakchisi Alisher Qodirovning ham etirozlariga sabab buldi.

«Rasuljon aka, iltimos qilmoqchi edimki, «barchasi shunday chiqadi» deyishingiz… Siz deputatsiz. Khalq bizdan kura, sizga kuproq ishonadi.

Hammasi defekt bilan chiqadi, degan gapingiz, menimcha, ozgina populistik gap bulib qoladi», – dedi Rustam Qodirov.

«Rasuljon, biz milliy ishlab chiqaruvchimizni bunaqa tahqirlamasligimiz kerak. Hammasi shunaqa chiqadi, degan gapga men qushilmayman», – dedi Alisher Qodirov.

Shundan sung, deputat Kusherbaev boshqacharoq yondashuv bilan, UzAuto Motors avtomobillarining 10 foizi nuqson bilan zavoddan chiqadi, degan fikrni ilgari surdi.

«10 foiz deyishingiz ham notugri. Raqamlar bulsa, keltiring», – deya javob qildi Rustam Qodirov.

«Uzavtosanoat» AJ raisining iqtisodiy masalalar buyicha urinbosari Rustam Yusupov tortishuvga echim variantini ilgari surdi: u masalaga ishonch hosil qilish uchun deputatlarni UzAuto Motors kompaniyasining Asakadagi zavodiga taklif qildi.


Rustam Yusupov

UzAuto Motors`ning moliyaviy masalalar buyicha boshqaruvi direktori Aleksandr Sakhapov ayni masalaga qushimcha qilar ekan, bitta konveyerdan chiqadigan avtomobillarga turli khil ehtiyot qismlar va butlovchi qismlar quyishning umuman imkoni yuqligini takidladi.

«Bugungi kunda kompaniya GM kompaniyasining BIQ-3 sifat sertifikatiga ega, bu degani «brak» avtomobil ishlab chiqarish uchastkasidan chiqmaydi. Bunday zavodlar dunyoda kam. Koreyadagi zavod ham BIQ-4 sertifikatiga ega.

Eksport qilinadigan va mahalliy bozor uchun chiqariladigan avtomobillarga bir khil butlovchi qismlar quyiladi. Kengroq tushunish uchun, har 3 daqiqada 1ta avtomobil konveyerdan chiqadi. Eksport va mahalliy avtomobillar uchun boshqa-boshqa jihozlardan foydalanish imkonsiz», – dedi Sakhapov.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

ILfLzuj19-fbjwHOjhzJP9hv0tXFayXQ

Ohangaronga Niderlandiyadan 61 bosh zotdor qoramol olib kelindi, khorijdan yana 600 bosh olib kelish rejalashtirilgan – viloyat hokimligi

Ohangaron tumanidagi qoramolchilikka ikhtisoslashgan “Qurama qorabayirlari” MChJ tashabbusi bilan Niderlandiyadan 61 bosh naslli qoramol olib …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари