Home / Jahon / Atamboev ochlik elon qildi
Место рекламы

Atamboev ochlik elon qildi

Almazbek Atamboev 10 oktyabr kuni Bishkekda ommaviy tartibsizliklar uyushtirish buyicha jinoyat ishi doirasida qulga olingandi.

Foto: 24.kg

Qirgizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboev Bishkekdagi 1-tergov izolyatoridagi sharoitlarga nisbatan norozilik sifatida ochlik elon qildi. Bu haqda sobiq prezidentning advokati Sergey Slesarev khabar berdi.

“Atamboev davlat milliy khavfsizlik qumitasi tergov izolyatoridan Bishkekdagi 1-tergov izolyatoriga utkazildi. U ochlik elon qildi. Atamboev hozir ilgari ulim jazosiga hukm qilinganlar joylashtirilgan ertulada yotibdi. U erda oddiy sharoitlar ham yuq”, – dedi u.

Eslatib utamiz, Qirgizistonda utkazilgan parlament saylovlari natijalaridan norozi bulgan qirgizistonliklar namoyishga chiqishgandi. Ular Atamboev saqlanayotgan Qirgiziston milliy khavfsizlik qumitasi binosining darvozasini sindirib, ichkariga kirishgan va uni ozodlikka chiqarishgandi.

Almazbek Atamboev 10 oktyabr kuni Bishkekda ommaviy tartibsizliklar uyushtirish buyicha jinoyat ishi doirasida qulga olindi.

Malumot uchun, 2019 yil avgustda qulga olingan Almazbek Atamboev bir qator jinoyatlarda ayblanib, 11 yil 2 oy qamoq jazosiga hukm qilingandi. Unga quyilgan asosiy ayblov sifatida jinoyatchi Aziz Batukaevni ozodlikka chiqarish keltirilgandi. 2013 yilda 16 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Batukaev muddati yakunlanmay turib ozodlikka chiqarilgan. Atamboev prezidentlikdan ketgach, bu ish borasida tekshiruv boshlandi. Atamboev aybini tan olmagach, harbiylar uning uyiga bostirib kirib, qulga olishgandi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

UsBw7H2fly-QtU2vbL1KWlzVA1Wj2LnQ

Tramp saylov natijalarini tan olmasligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp prezident saylovlaridagi maglubiyatini tan olmasligini aytdi. Uning takidlashicha, Demokratlar partiyasi nomzodi …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари