Apple korporasiyasi Federal qidiruv byurosiga Tekhasdagi cherkovda ibodatchilarni uqqa tutgan Devin Kellining iPhone’ini blokdan chiqarishda yordam taklif qildi, deb yozadi «RBK» Apple matbuot khizmatiga tayanib.

755099513087018-590x393Foto: AP

«Biz Tekhasdagi fojiadan khavotirga va qayguga tushdik. Tergovchilar uqotarning iPhone’iga kirishga urinayotganidan khabar topishi bilan, bizning mutakhassislarimiz FQBga murojaat qildi. Biz uz yordamimizni taklif qildik va FQB bizga yuboradigan yuridik surovlar buyicha javobimizni tezlashtirishimizni aytdik», — dedi matbuot khizmati vakili.

Avvalroq AQSh Federal qidiruv byurosining (FQB) Tekhas shtatidagi Sazerlend-Springs shahrida ruy bergan ommaviy qotillikni taftish qilayotgan agentlari jinoyatchining telefonini blokdan chiqara olmayotgani khabar berilgan edi.