
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovushuglu Anqara Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa majmualari masalasida Vashington bilan muloqotga tayyorligini malum qildi.
“Biz bu mavzuni AQSh bilan muhokama qilishda davom etamiz, ammo Vashingtonning nuqtai nazarini qabul qilib bulmaydi”, – deb takidladi u.
Chovushuglu S-400 – “qutida saqlanadigan mahsulot emas”ligini, Anqaraning unga ehtiyoji borligini aytdi.
“Bizning havo hujumidan mudofaa tizimlariga yana ehtiyojimiz bor va agar AQSh kafolat bersa, Patriot zenit raketa majmualarini sotib olishimiz mumkin”, – deb qushib quydi u.
2017 yil sentyabrda Rossiya Turkiya bilan S-400 majmualarini etkazib berish buyicha $2,5 mlrd dollarlik shartnoma imzoladi. Dastlabki majmualarni etkazib berish shu yilning iyulida boshlandi. Vashington Turkiyaning bu kelishuviga qarshi chiqmoqda.