Home / Jamiyat / Yangi uquv yilidagi yangiliklar: Barcha talabalar uchun bir khil stipendiya, faol talabalar rektor tavsiyasi bilan ragbatlantirilishi mumkin
Место рекламы

Yangi uquv yilidagi yangiliklar: Barcha talabalar uchun bir khil stipendiya, faol talabalar rektor tavsiyasi bilan ragbatlantirilishi mumkin

Bugun, 10 sentyabr kuni Akhborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi anjumanlar zalida Uzbekiston Oliy va urta makhsus talim vazirligi rahbar khodimlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda Uzbekiston Respublikasi Oliy va urta makhsus talim vaziri urinbosari Sarvar Buzrukkhonov, vazirlik bosh boshqarma boshligi Abduvali Kholiqov, boshqarma boshligi Maqsud Hamroev, Akhborot khizmati bosh mutakhassisi Bahriddin Shayvaliev hamda bir qator nufuzli oliy uquv yurtlari rektorlari ishtirok etmoqda.

Matbuot anjumanida 2019-2020 uquv yili uchun oliy talim muassasalarida tulov-kontrakt asosida uqitish qiymatining urnatilgani borasida malumotlar taqdim etildi.

2irsqjhffxzrrcgaq_8jpsae0p61ifj0

Vazir urinbosari Sarvar Buzrukkhonov tomonidan malum qilinishicha, qatiylashtirilgan 400 ming sumlik stipendiya davlat byudjeti asosida uqiydiganlar uchun ham, kontraktda uqiydiganlarga ham joriy etiladi.

«Yangi joriy qilingan stipendiyali va stipendiyasiz uqish tizimi kech elon qilindi. Shunga qaramay, joriy yil sentyabr oyidan bu tizm tuliq ishga tushadi. Joylarda muammo bulmasligi kerak.

Qatiylashtirilgan 400 ming sumlik stipendiya davlat byudjeti asosida uqiydiganlar uchun ham, kontraktda uqiydiganlar uchun ham joriy etiladi», deya vazir urinbosari suzlarini keltirmoqda Kun.uz mukhbiri.

«4» va «5» bahoga uqigan davlat byudjeti asosidagi talabalar uchun davlat byudjeti hisobidan 50 foizgacha ragbatlantiruvchi mablag ajratiladi.

Kontrakt asosida uqiydigan talabalar «4» va «5» baholarga uzlashtirgan taqdirda esa ularga Oliy talim muassassida tashkil etiladigan fond hisobidan 50 foizgacha miqdorida ragbatlantiruvchi mablag ajratiladi.

«Uzlashtirishi yakhshi bulgan, ilmiy va jamoatchilik ishlarida faol bulgan talabalarga stipendiyaning 50 foizigacha (200 ming sumgacha) miqdorda qushimcha ragbatlantirish berilishi mumkin. Bunday qushimcha stipendiyani kimga berishni rektorlar hal qiladi. Bunday ragbatlantirish mablaglari grantda uqiydiganlar uchun davlat byudjetidan, kontraktda uqiydiganlar uchun esa OTMlarning har birida tashkil etiladigan fond hisobidan ajratiladi», deydi Sarvar Buzrukkhonov.

Bu tizim 1, 2 va 3 kurs talabalarining barchasi uchun ishlaydi. Bitiruvchi kurs talabalari eski stipendiya tizimida (yani ular uchun avvalgidek «3», «4» va «5»lik stipendiya tartibi) uqishni davom etadi. Bitiruvchi kurslardagi tabaqalashtirilgan stipendiya tulovi saqlab qolinishi faqat davlat granti asosida uquvchi talabalar uchun amalda buladi.

Stipendiyali va stipendiyasiz uqish tizimi oshirilgan kontrakt asosida uqiydiganlar uchun ham joriy qilinadi.

Prezident va boshqa nomdor stipendiyalarni olgan talablar uchun stipendiya miqdori saqlab qolinadi.

«Jamoatchilik fikridan kelib chiqqan holda, qatiylashtirilgan 400 ming sumlik stipendiya miqdori qayta kurib chiqilishi ham mumkin», deya qushimcha qilgan vazir urinbosari.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

F07oZ_BFhWvLprl4T2ZLNxJOZ0j_Fg8U

Bozor oldidagi yullarda kuzatilayotgan tirbandlik – muammo birgina Qushrabotda emas

Samarqand viloyatining Qushrabot tumanidagi markaziy dehqon bozori oldidagi tirbandlik transport harakatiga tusqinlik qilmoqda. Garchi yul …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари