Home / Siyosat / Yangi saylovlar va eski kamchiliklar. Shaffoflikka erishish uchun nimalar qilish kerak?
Место рекламы

Yangi saylovlar va eski kamchiliklar. Shaffoflikka erishish uchun nimalar qilish kerak?

Bu yilgi parlament saylovlari qariyb utib buldi. Bir necha kundan sung yana 25ta okrugda saylovlarning ikkinchi turi utkaziladi va yangi parlament shakllantiriladi.

Shakhsan men, uzim qatnashgan Samarqand shahrida saylovlar avvalgi yillarga qaraganda birmuncha halol utdi, deb hisoblayman. Bunga sabab — shahardagi ikki okrugda ham golibni aniqlash ikkinchi turga qoldi. Saylov uchastkalaridan birida uzim kuzatgan sanoq jarayonida ham nomzodlar qariyb teng ovoz olishganiga guvoh buldim.

Albatta, bunda shaharga kup sonli khorijiy kuzatuvchilar tashrif buyurgani, saylovlar mahalliy nashrlar va blogerlarning diqqat markazida turgani ham rol uynadi.

Biroq hech kim chekka tumanlarda ham shunday buldi, deb ayta olmasa kerak. Keling, qishloq tumanlaridagi eng kup etirozlar qay jihatga bulganiga etibor qarataylik. Saylovlarning eng katta kamchiligi nimada buldi?

1. Toshkentda tugilib usgan, avvalgi chaqiruvda deputat bulib saylangan ayrim nomzodlar tumanlarda birinchi turdayoq golib bulgani katta etirozlarga sabab buldi. Chunki, odamlar usha golib nomzodlar tumanga borib aholi bilan biror marta ham uchrashmaganini yozishmoqda.

2. YOki usha tumanga aloqasi bulmagan nomzodning usha tumandagi 4 nomzoddan yaqqol ustun kelishini ham izohlab bulmaydi. Bunga Chiroqchi, Beshariq, Toyloq yoki Oqdaryoda kuzatilgan holatlarni misol qilish mumkin.

Bu hol — mahalliy hokimliklarning saylovga mamuriy-buyruqbozlik usuli bilan aralashgani haqidagi gumonlarni dastaklaydi. Eng qizigi, hokimlar muayyan partiyaga yon bosishayotgani yuq — uzlari qullayotgan nomzodning qaysi partiyaga mansubligi ularga muhim emas.

3. Yana bir (eng katta!) muammo uchastka saylov komissiyasida ishlaganlar tomonidan malum qilindi. Ularga bayonnomalarga haqiqiy holatni yozish taqiqlangan. Bayonnomalarni tuldirish uchun okrug saylov komissiyasiga taklif etilgani va unda rahbarlar istagan raqamlar yozilgani haqida ham khabarlar tarqaldi. Bunday holatlar ayrim joylarda uz isbotini topdi.

Shuningdek, joylarda kuzatuvchilarga saylov jarayoni va sanoq jarayonini videosyomka qilishga monelik kursatish hollari kuplab uchragani ham taassufli. Bunday ishlarga faqatgina demokratiyaning dushmani bulgan insonlar qodir bulishadi.

Saylovda eng katta muammo saylovchilarni saylovga jalb qilish ekani namoyon buldi. Avvalgi saylovlarda 90-95 foizlik davomatlarga guvoh bulardik. Bu safa davomat 71 foiz atrofida (Uzbekiston ichida) bulgani elon qilindi.

Uzoq tumanlardagi ayrim saylov uchastkalarida chindan ham shu raqam qayd etilgandir, lekin 71 foiz ham haqiqatdan yiroq raqam. Uzim sanogida ishtirok etgan Samarqanddagi 123-saylov uchastkasida davomat 36,6 foiz bulganiga guvoh buldim.

Albatta, bir kishiga hujjat bilan bir dona byulleten berilganda ana shunday haqqoniy raqam hosil buladi. 71 foizlik natijaga erishish uchun bir kishi oilasi, quni-qushnilari uchun ham ovoz berishi kerak buladi yoki dalolatnomalarga raqamlar «osmondan» olinib, tuldirib quyiladi.

Tan olish kerak, bu yilgi saylovlarda ayrim jihatlarda ijobiy tomonga uzgarish bor. Biroq, saylovlar chinakamiga demokratik utishi uchun hali kup ish qilish kerak.

Garchi joylardagi rahbarlarga mutlaqo yoqmasa-da, bu boradagi ayrim takliflarim bilan urtoqlashishni lozim deb topdim.

Birinchi navbatda 33 foizlik «davomat ostonasi»dan (porog yavki) voz kechish kerak. Odamlarning saylovda qatnashmaslik huquqi ham bor. Saylovdagi davomat uchun usha tuman rahbarlarini tergashni esa bas qilmoq kerak. Chunki joylarda kreslosidan ajralib qolishdan hadiksiraydigan hokimlar «yavka»dagi son ketidan quvib, saylovlarni yoppasiga qalbakilashtirish uchun zamin yaratishmoqda.

Saylov jarayonlarida ruykhatga olish, sanoq va dalolatnomalarni tuldirishni allaqachon onlaynlashtirish kerak.

Barcha saylov uchastkalari kompyuter yoki noutbuk bilan taminlangan bulishi, har bir saylov uchastkasi uchun shakhsiy kabinet ochilib, shakhsiy kabinetga kirish uchun login/parolni faqatgina uchastka saylov komissiya raisi bilishi kerak.

Shu yusinda saylovchilarning qayddan utishi elektron tarzda amalga oshirilishi kerak. Shunchaki pasport raqami kiritilsa — bas. Saylovchi ovoz berish uchun byulleten oladi. Sungra shu kuni u qayta ovoz bera olmaydi.

Bunday dasturni yaratish dasturchilarimiz uchun pista chaqishdek gap — uzogi bir kun vaqt olsa kerak.

Shunday dastur saylovda qatnashayotgan saylovchilar sonini onlayn kuzatib turish imkonini beradi (Internet bormagan uzoq qishloqlar? Keyingi besh yil ichida buni ham tugrilasa buladi).

Saylovda «karusel» usulidan (bir kishi yoki guruh bir necha saylov uchastkasida yoki usha saylov uchastkasida qayta-qayta ovoz berishi) foydalanib ovoz berishga qarshi kurashish uchun, saylovchilar ruykhatida qayd etilmagan, saylovga taklifnoma olmagan saylovchilar MSKning yagona bazasida ruykhatdan utkazilishi kerak. Toki, u ikkinchi saylov uchastkasiga borib ovoz bera olmasin.

Soat 20:00da saylov tugagach, ishlatilmagan byulletenlar sanoq khonasiga olib kirilmasidan avval qirqilib yoki siyohga botirilib, yaroqsiz holatga keltirilishi shart. Bu jarayonlar albatta syomka qilinib rasmiylashtirilishi kerak. Surishtiruv zaruriyati yuzaga kelganida, «mana» deb kursatilishi uchun.

Nomzodlarning kuzatuvchilariga, OAV vakillariga hamda blogerlarga saylov va sanoq jarayonini tuliq syomka qilishga rukhsat berish kerak. Umuman, kuzatuvchilar, OAV vakillari va blogerlarga beriladigan guvohnomalarda katta qilib SAYLOV VA SANOQ JARAYONINI VIDEOSYOMKA QILIShGA HAQLI, deb yozib quyish kerak.

Saylov uchastkalaridagi byulleten solinadigan quti, sanoq khonasi — barchasi kamera bilan taminlanishi kerak (Onlayn ishlamasayam mayli, faqat chiroq uchganda ham akkumulyator orqali tuliq yozib borishi kerak).

Byulletenlarni sanash jarayoni kuzatuvchilar, OAV vakillari hamda blogerlar ishtirokida utkazilgach, bayonnomalar usha guvohlar kuz ungida saylov uchastkasida turib elektron tarzda usha shakhsiy kabinet orqali tuldirilishi lozim. Yuqorida aytilganidek, okrug saylov komissiyalari duq urib uchastka saylov komissiyasi raisidan login/parolni olgan taqdirda ham bunga «dostupi» bulmasligi kerak. Ular faqat malumot qabul qilish bilan cheklanishi lozim.

Muayyan saylov uchastkasi uchun ajratilgan shakhsiy kabinetda nomzodlarning nomi va partiyasi avvaldan kiritib quyilgan buladi va ularning ismi-familiyasi ruparasiga sanoqdagi raqamlar kiritilsa bas. Foizini chiqarish va umumlashtirishni kompyuterning uzi bajaraveradi. Eng qizigi, bu ish bir daqiqa vaqtni oladi, kholos. Ertalabgacha MSK barcha saylov uchastkalari buyicha aniq malumotga ham ega buladi.

Yana bir taklif: Keyingi saylovgacha saylov kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga uzgartirish kiritib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hozirgi majoritar tarzda saylanayotgan 150 nafar deputatlik urniga qushimcha proporsional tarzda yana 150ta urin ajratish kerak. Siyosiy partiyalar uchun. Akhir hozirgi kurinishdagi saylovlarda partiyalarning ahamiyati qolmayapti.

Khalq deputatlari viloyat va shahar/tuman kengashlariga saylovlar majoritar tarzda utkazilmasligi kerak. Bu saylovlarga qiziqish kam — byudjet uchun ortiqcha kharajat. Boz ustiga, hozirgi sharoitda aynan mahalliy saylovlarda kuproq adolatsizliklarga yul quyilgani aytilmoqda.

Khalq deputatlari viloyat va shahar/tuman kengashlariga saylovlarni parlament saylovlari chogidagi proporsional saylov bilan birlashtirish kerak.

Yani, barcha partiyalar Oliy Majlis, viloyat, shahar/tuman kengashlariga uz deputatlari ruykhatini avvaldan elon qiladi. Partiyaning saylovlarda egallagan foizlariga qarab (yuqorida aytilganidek, hammasi onlayn, hisobini chiqarish oson), parlamentga va mahalliy kengashlarga deputatlar tayinlanadi. Bunda avvaldan elon qilingan tartib raqamiga qatiy amal qilinadi. Aytaylik, UzLiDeP 37ta deputat urniga ega bulsa — ruykhatning 1–37-urinidagi siyosatchilar parlamentga kiradi.

Partiyalarning tuman va shaharlardagi kursatkichi — shahar kengashini, viloyatdagi kursatkichi — viloyat kengashini, respublikadagi kursatkichi — Oliy Majlisni shakllantirish uchun etarli buladi.

Siyosiy partiyalar uchun alohida ovoz berilsa — partiyalarning jamiyatdagi roli oshadi. Partiyalar ham elektorat mehrini qozonish uchun 5 yilda bir marta emas, doim tinimsiz mehnat qilishga majbur bulishadi.

Hozirgi holatda khorijdagi vatandoshlarimiz Oliy Majlis uchun Toshkent shahridagi nomzodlarga ovoz berishida ham biror mantiq yuq. Proporsional saylov tashkil etilsa ular faqat partiyalar uchun ovoz bergan bulishardi.

Hozir siyosiy partiyalar safidagi kupchilik siyosatchilar Toshkentda yashashadi, ular uzoq tumanlarga uz nomzodini quyib, guyoki saylovda «yutib», saylanishmoqda. Aslida bunday emasligini hamma kurib turibdi, buni ularning uzi ham biladi. Ular partiyalar uchun, qonunshunoslik uchun foydali shakhslardir balkim, bunisiga etiroz yuq. Lekin tumanlarda ularni hech kim tanimasligi rost. Fuqarolar avvalo uzlarining hududidan chiqqan nomzodga ovoz berishadi.

Mana shunday tushunmovchiliklarga barham berish uchun, saylovni yanada demokratik ruhda tashkillashtirish maqsadida tashabbuskorlar guruhi tomonidan ilgari suriladigan, biror partiyaga mansub bulmagan mustaqil nomzodlarga va yangi siyosiy partiyalarga ham saylovda ishtirok uchun rukhsat berilsa juda yakhshi bular edi.

Uzbekiston jahon hamjamiyatida uz obrusiga ega bulgan demokratik jamiyat qurmoqchi ekan, demokratiyaning eng yakhshi andozalaridan nuskha olaverish kerak. Bundan hamma yutadi! Albatta, mahalliy hokimlardan boshqa…

Shuhrat ShOKIRJONOV,

Kun.uz jurnalisti

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

zPx-tc0M5Z50MMTSVn9WJTqL9yQtuiun

Vazirlik: OTMlarda yangi uquv binolariga ehtiyoj yuq

Uzbekistonda yildan yilga OTMlarga qabul kvotalari oshirilmoqda. Shunga qaramay, mazkur tendensiya binolarga bulgan katta ehtiyojni …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари