Home / Madaniyat / Yangi Hijriy sanani bayram qilish bidatmi?
Место рекламы

Yangi Hijriy sanani bayram qilish bidatmi?

hijrBarcha khalqlarda qadimda utgan ulug kishilarni, mashhur kunlarni, voqealarni yoki boshqa munosabatlarni eslash, qadrlash uchun bayram qilish, bu bayramlarda odamlarning khursandchilik qilishlari odat tusiga kirgan. Kupchilik bunday kunlarda keragicha eb-ichish, uynab-kulish, aroqkhurlik uyushtirish, turli fisqu fujur ishlarni khohlaganicha qilishga qulay imkoniyat topishgan. Turli khalqlarda, turli zamonlarda turlicha bulib uzgarib turgan bayramlarni belgilash va ularni nishonlash har bir khalq, millat va dinning uz talimoti, dunyoqarashi va mafkurasiga qarab turlicha kechgan. Islomda bayramlarga uziga khos ahamiyat berilgan. Bayramlarni belgilash va ularni utkazish aynan Islom talimotlari asosida joriy qilingan. Bayramlarni nishonlash va ularda qilinadigan amallar ham umumiy Islom talimotlari asosida yulga quyilgan.

Shodu hurramlik va khursandchilik kunlari bulmish bayramlar bir necha turli bulib, ulardan bazilari shariy matnlarda, asosan, hadisi shariflarda bayram deya elon qilingan va ularda malum diniy amallar bajarish ham joriy qilingan.

Barcha khalqlarda asosiy diniy bayramlar bilan bir qatorda tarikhiy hodisalarga, milliy va vataniy hodisalarga bogliq bayramlar ham buladi. Bunday bayramlar «majoziy bayramlar» deb ataladi. Bu turdagi bayramlar dastlabki paytlarda ommaviy ravishda nishonlanmagan va usha paytlarda bunga hojat ham bulmagan.

Keyinchalik kuplab khalqlarning Islomni qabul qilishi, musulmonlarning arab tilini bilmaganlari va boshqa sabablarga kura diniy talimotlarni etarlicha uzlashtira olmaganlari oqibatida turli noqulayliklar kelib chiqqan. Mazkur kamchiliklarni bartaraf qilish uchun turli vosita va chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Ana shunday tadbirlar ichida ushbu bayramlarni joriy qilish va nishonlashni yulga quyish ham bor edi.

Bu bayramlar orqali musulmonlar ommasiga Islom ummatiga uz tarikhidagi muhim hodisalarni eslatib turish, ularning sababi va ahamiyatini anglab etishga yordam berish kuzda tutilgan. Davrlar utishi bilan musulmonlarda ham bunday majoziy bayramlar shakllanib borgan.

Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni har hijriy yil boshida eslash, bayram qilish va bir-birlarini tabriklash odat tusiga kirgan. Bu bilan hijriy-qamariy yil hisobining avvalida yil boshi bayrami yulga quyilgan. Bunda, asosan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hijratlari tafsiloti va bu ulkan hodisaning musulmon ummati uchun ahamiyati va undan bugungi kunda ibrat olish kabi hikmatlar kuzda tutilgan.

Hozirgi kunimizda ham bu bayram, asosan, matbuot va akhborot vositalarida maqola va maruzalar, turli chiqishlar uyushtirish orqali buladi. Kishilar bir-birlarini tabriklaydilar. Okhirgi paytlarda Islom davlatlari rahbarlari ham hijriy yil boshida bir-birlariga tabrik yuborishni yulga quyganlar.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

fFvwRMSo3_5V1MG7Vx8cYmYelJvyPHOh

Ichki sayohatlar va ommaviy tadbirlar vaqtinchalik tukhtatiladi

Mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bogliq vaziyat barqaror holatga kelgunga qadar ichki turizmni rivojlantirishga doir tadbirlarni …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари