Home / Jamiyat / Andijon shahri hokimining auksionsiz er ajratib berish tugrisidagi qarori noqonuniy deb topilib bekor qilindi
Место рекламы

Andijon shahri hokimining auksionsiz er ajratib berish tugrisidagi qarori noqonuniy deb topilib bekor qilindi

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarovning noqonuniy qarori bekor qilindi.

Adliya vazirligi akhborot khizmati khabar berishicha, Andijon shahar adliya bulimi tomonidan shu yilning 5 oktyabrida ijtimoiy tarmoqlarda («Soyadagi siyosatchilar» va «Mukhbir Daliev» Telegram kanali) «Andijon shahar hokimligi chiqarayotgan qarorlar qanchalik qonuniy?» nomli maqolasi urganib chiqilgan.

Khususan, maqolada Andijon shahri hokimining 2020 yil 11 sentyabrdagi 403-q-son qarori bilan Andijon shahri 2-tor Kh.Niyoziy kuchasi 5-uyda yashovchi fuqaro Mansurbek Ruzievga 6-tor Kh.Niyoziy kuchasi 14-maydon 200 kvadrat metrdan iborat er maydoni yakka tartibda uy-joy qurish uchun amaldagi qonun hujjatlariga zid ravishda ajratib berilgani kursatilgani bayon etilgan.

Urganish davomida Andijon shahri hokimi 2020 yil 11 sentyabrda 403-q-son qarori bilan Andijon shahri 2-tor Kh.Niyoziy kuchasi 5-uyda yashovchi fuqaro Mansurbek Ruzievga shahar hokimligi zakhirasida bulgan 6-tor Kh.Niyoziy kuchasi 14-maydon 200 kvadrat metrdan iborat er maydoni yakka tartibda uy-joy qurish uchun auksionsiz ajratib berilgani aniqlangan. Bu Er kodeksining 7-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 yanvardagi 63-son qarori bilan tasdiqlangan «Yakka tartibda uy-joy qurish uchun er uchastkalari berish va er uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizasiya qilish tartibi tugrisida»gi nizom talablariga zid hisoblanadi.

Ushbu holat buyicha shahar hokimining 2020 yil 11 sentyabrdagi qonun hujjatlariga zid bulgan 403-q-son qaroriga nisbatan protest keltirish uchun Andijon shahar prokuraturasiga 8 oktyabr kuni 1-60/11-7/418-sonli taklif kiritilgan.

Andijon shahar prokuraturasi tomonidan adliya bulimi taklifi kurib chiqilib, hokimlikka 13 oktyabrda 10.2/273-q-20-sonli protesti kiritilgan. Bundan tashqari, Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan shahar hokimi nomiga yuqoridagi qarorni bekor qilishni surab, 12 oktyabrda 06-02-13/35-sonli taqdimnoma kiritilgan.

Andijon shahar hokimligi tomonidan viloyat adliya boshqarmasining taqdimnomasi hamda shahar prokurorining protesti asosida 19 oktyabrdagi 444-q-son qarori bilan shu yilning 11 sentyabrdagi qonun hujjatlariga zid bulgan 403-q-son qarori bekor qilingan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

wEgw2YQl0RjuLKd6X_mrB7RYJR3P7sCI

Respublika ikhtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga direktor tayinlandi

Uzbekiston Respublikasi sogliqni saqlash vazirining tegishli buyrugi bilan Nabijon Pirimovich Yuldoshev Respublika ikhtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари