Home / Madaniyat / Allohning borligiga ishonishga qodirmisiz?

Allohning borligiga ishonishga qodirmisiz?

allohIymon va ilmiy dalillar

Har qanday inson felida qandaydir mutlaq qodir kuch borligiga ishonch tuygusi mavjud. By aqlning samaralaridan biridir. Borliqqa nazar solinsa va koinotdagi narsalar sinchiklab urganilsa, barcha narsalar uz-uzidan paydo bulib qolmaganining, balki ular bir yaratguvchi tomonidan yaratilganining guvohi bulamiz.

Insoniyat tarikhi va tafakkur taraqqiyoti tarikhi diniy bulmagan manbalardan urganilsa ham, yaratguvchi kuchga bulgan etiqod usha yaratuvchining borligiga kursatiladigan dalillardan oldin vujudga kelgani ayon buladi. Umuman, diniy bilimlarga tayanmay turib yaratuvchiga nisbatan aqidaning paydo bulgan vaqtini aniqlash qiyin. Zero, hammadan qudratli hamda mangu barhayot Zot haqidagi fikr va mushohada, boshqa bilimlar qatori uzimiz sezmagan holda paydo buladi.

Insonning Allohga bulgan etiqodi rivojlana borgandan sung, Alloh paygambarlarini odamlarga tugri yulni kursatish uchun davat etib, ularni mujizalar bilan qullab-quvvatladi. Mujiza insonning qudrati etmaydigan odatdan tashqari amallar bulib, uni kurgandan sunggina odamlar paygambarlarning Allohning haqiqiy elchilari ekanligiga ishonganlar. Islomda esa insonlarni Allohga ishontirish uchun aqlni ishga solish uslubi qullangan. Bu holat boshqa dinlarda uchramaydi. Quron oyatlari ham Allohga iymon keltirish uchun aqliy dalillarga suyanishga chaqirgan. Tabiiyki, «Qanday dalillar?» degan savol tugiladi.

Eng katta dalil

Allohning borligiga eng ulkan dalillardan biri galaktikamizdir. Uzimiz yashab turgan Er va uning atrofidagi son-sanoqsiz yulduzlar haqida fikr yuritib uylab kursak, kishini hayratga soladigan darajada ajoyibotlarni kuramiz. Bularga insof bilan nazar solgan kishining, albatta, yaratuvchining ulugligiga iymoni ziyoda bulmasdan iloji yuq.

Quroni Karimdagi kupgina oyatlar ham insonni mana shu borliqning yaratilishiga, osmonu erga nazar solib fikr yuritish va ularning sirlarini bilib, uzining iymonini baquvvat qilib, shak-shubhalarini uzidan yiroqlashtirishga chaqiradi.

Jumladan «Yunus» surasida: «Sen: «Osmonlaru erdagi narsalarga nazar solinglar», deb ayt», deyilgan bulsa (101-oyat), «Arof» surasida esa: «Osmonlaru erning mulklariga, Alloh yaratgan narsalarga va, ajab emaski, ajallari yaqinlashib qolgan bulishiga nazar solmaydilarmi?» deyiladi (185-oyat).

Quroni Karim tabiri bilan aytganda, mana shu borliqqa nazar solib, undagi hikmatu sirlarni bilib turib ham Allohga ishonmaganlarga boshqa dalil yuqdir. Chunki shularni kurib turib Allohga ishonmaganlarga boshqa dalillar tasir qilmaydi. Muminlar esa shu borliqning yaralishini Allohning borligiga dalil qilib keltiradilar.

Quroni karimda: «Alloh osmonlar va erni haq ila yaratgandir. Albatta, bunda muminlar uchun oyat-belgi bordir», deyilgan («Ankabut» surasi, 44-oyat).

«Josiya» surasida esa: «Albatta, osmonlaru erda muminlar uchun oyat-belgilar bordir», deyilgan (3-oyat).

«Borliq» nima degani? Munajjimlarning aytishicha, Erimiz quyosh sistemasidagi bir kichik sayyora hisoblanadi. Quyosh sistemasi esa umumiy galaktikadan bir parcha. U esa, uz navbatida, munajjim tili bilan aytganda, yulduz shaharlari tuplamidan bir shahar, kholos. Xup, galaktikamizdagi yulduzlar nechta? Oddiy kuz bilan qaraganda, erdan turib kurish mumkin bulgan yulduzlar soni 6000 tadan oshmaydi. Lekin makhsus asboblar orqali kuzatilsa, butunlay uzgacha manzaraning guvohi bulinadi. Yulduzlarning umumiy soni qirq ming milliondan yuz ming milliongacha bulishi mumkin! Bu yulduzlar hajmini nisbat keltirish yuli bilan tariflasak, quyosh ham shu yulduzlarning biridir. Lekin u bizga yaqin bulganligi sababli katta kurinadi, kholos. Aslida, quyosh urtacha yulduz hisoblanadi.

Hozirgi vaqtgacha kashf qilingan yulduzlardan eng mittisi «Vanmanin» yulduzi bulib, u Erdan ozgina kattaroqdir. Shunday yulduzlardan million donasini olib, quyoshning ichiga joylashtirilsa yana bush joy qolar ekan. Boshqa bir yulduzning nomi «Mankabil Javzo» bulib, kattaligi shu darajada ekanki, quyosh hajmidagi yulduzlardan bir necha millionini uning ichiga joylasa bular ekan.

Endi bu yulduzlarning bizdan uzoqligi haqida fikr yuritib kuraylik. Fazodagi yulduzlarning bir-biridan uzoqligini tasavvur qilish uchun quyosh galaktikasidagi yulduzlar torgina bir burchakda qolib ketgan yulduzlar hisoblanishini eslash kifoya. Misol uchun, quyosh bizdan 93 million mil uzoqlikdadir, yani oyga qaraganda 400 marta uzoq. Lekin boshqa yulduzlar masofasini ulchamoqchi bulsak, bizga trillion hisobi ham etishmaydi. Shuning uchun ham, munajjimlar masofani ulchash uchun yoruglik tezligini ishlatadilar. Ularning hisobicha, yoruglik tezligi sekundiga 186 ming mil ekan. Quyosh galaktikasidagi uzoq sayyoralardan biri «Pluton»dan chiqqan nur turt-besh soatda erga etib keladi. Boshqa galaktikadagi yulduzlardan chiqqan nur turt-besh yilda, hozircha eng kuchli asboblar bilan kurishga muvaffaq bulingan yulduzlardan chiqqan nur esa ikki million yilda etib keladi. Yana etiborga sazovor narsa shuki, galaktikamiz uz uqi atrofida sekin aylanadi. Albatta, mana shu milliardlab yulduzlar va ularning tartibli ravishda tizilib turishi, malum bir qonuniyatga binoan harakatlanishi, bir-biri bilan tuqnashib ketmasligi Allohning borligiga ochiq-oydin dalildir.

Quroni karimning «Voqea» surasida: «Yulduzlarning manzillari bilan qasam ichaman. Albatta, agar bilsangiz, bu – ulug qasamdir», deyilgan (75, 76-oyat).

Buning siriga faqat yaqindagina, munajjim olimlar ulkan teleskoplar orqali koinotning makhfiy sirlarini qisman urganganlaridan sung, tushunib etildi. Eynshteyn shunday degan edi: «Mening dinim chegarasiz bir ulkan ruhga bulgan ajablanishimdan iboratdir. Bu ruhning qudratidan bizning arzimas aqlimiz uzi idrok qilganicha bazi bir narsalarni kashf qilgan, kholos. Bu chuqur iymonni va oliy ilohiy kuchni tushunib etish uchun mana shu koinotga qarab tursam, u Allohning borligini qalbimga soladi».

Amerika Tabiiy Fanlar akademiyasining azosi Marit Stenli shunday deydi: «Borliqdagi barcha narsalar Allohning borligiga guvohlik beradi, uning qudrati va ulkanligiga dalil buladi. Biz, olimlar, bu borliqdagi bazi bir narsalarni tekshirib kurganimizda, Allohning hikmati, quli va qudrati bilan yaratilgan narsalarni mulohaza qilishdan nariga uta olmaymiz».

Shunday ekan, biz borliqni kurib turib, uning haqiqatlarini bilib turib, Allohga ishonmay nima qilamiz?! Aniqrogi, Quroni Karimda keltirilgan quyidagi oyatlarni takror esga olmay ilojimiz yuq: «Albatta, osmonlaru erning yaratilishida va kecha-kunduzning almashinishida aql egalari uchun belgilar bor. Allohni tik turgan, utirgan va yonboshlagan hollarida eslaydigan, osmonlaru erning yaratilishini tafakkur qiladiganlar: «Robbimiz buni bekorga yaratganing yuq, Uzing poksan, bizni ut azobidan saqlagin», deb aytadilar («Oli Imron» surasi, 190, 191-oyatlar).

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари