Home / Madaniyat / Allohni tanish fitrati

Allohni tanish fitrati

masjid

قال الله تعال:  يا موسى لن ترانى إنّه لن يرانى حىّ الاّ مات, ولا يابس الا تدهده, ولا رطب الا تفرّق ,   إنّما يرانى اهل  الجنّة  الّذى  لا تموت  أعينهم  ولا تبلى أخسادهم     (رواه  الحكيم  عن  ابن  عباس  رضى  الله عنه)

Qudsiy hadislardan birida Alloh taolo Paygambari Muso alayhissalomga buyuradi:
«Ey Muso! Sen meni kurmassan, zero, meni kurgan darhol ulgay. Jonsiz narsalar kursa, emiriladi, yashnab turgan narsa kursa, khazon buladi. Meni faqat kuzlari ulimni bilmaydigan jasadlari chirimaydigan jannat ahli kurgay».
(Hakim Termiziy (27)  Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan).

Darhaqiqat, odam bolasi bu dunyoda Alloh taoloni kura olmaydi. Ammo oqil inson uylab kurmogi lozimki, bu dunyoda hech narsa uz-uzidan bulib qolmagan. Albatta, asar muassirga muhtojdir. Umar Hayyom uz baytlaridan birida shunday yozadi:

Darakhtlarning kum-kuk yaproqlari ham
Oqilga Khudoni tanitur daftar.

Allohni ikki yul bilan tanish mumkin:

1. Fitrat, yani qalb tuygusi bilan

2. Aql bilan topish

Birinchi yul insonning his-tuygulariga asoslanadi. Bu esa insondan hech qanday tadqiqotlarni talab etmaydi.  Ikkinchi yulda esa aql va tafakkur qilinadi. Bu yul bilan inson qolgan makhluqotlar ichida ajralib turadi.

Alloh taoloni tanishlikning eng afzal  yuli – ikkinchi yuldir. Chunki  aql doimo his-tuygulardan yuqori turadi.
Har bir inson fitrat bilan tugiladi. Masalan, inson mujizalarga, turli yangiliklar va kashfiyotlarga moyil buladi.  Ana shu moyillik olimlarni turli yangiliklarni kashf qilishga undaydi. Ijtimoiy kelib chiqishi va iqtidoriga qarab har kimni har  khil savollar qiziqtiradi.

Har bir inson tugilar ekan, Islom fitratida tugiladi. Keyin esa uning ota-onasi yahudiy  bulsa, yahudiy qilib,  nasroniy  bulsa nasroniy qilib  tarbiya beradi.

Alloh taolo Rum surasi 30-oyatida shunday deb marhamat qiladi:
«Bas, (ey Muhammad!) yuzingizni (Uzingiz)ni doimo tugri bulgan dinda (Islom)da tuting! Insonlarning usha asosda yaratgan Allohning yaratuvchiligini (anglangiz!) Allohning yaratishiga uzgartirish yuq. Eng tugri din shudir, lekin kup odamlar (buni) bilmaslar».

Dinidan qati nazar, barcha mutafakkirlar Allohni fitrat bilan, yani qalb bilan tanishlik ehtimoliga doimo ishonishardi.  Barchaga taniqli mutafakkir Paskal shunday deb yozadi: «Allohni qalb bilan taniladi, aql bilan emas. Bu esa iymondir. Allohni borligini qalb bilan sezish mumkin, aql bilan emas».

Khristianlardan bulgan mutafakkir  A.Men quyidagi goyani ilgari surardi:«Har bir inson, hattoki u Alloh taolo haqida bilimga ega bulmasa ham yoki Allohni inkor etsa ham, qalbining tubida qandaydir guzallika, borliqqa, qiymatga ega bulgan, uning hayotiga qandaydir mano beradigan, haqiqatda mavjud va unga siginish mumkin bulgan narsaga intiladi. Inson uchun etiqod va ergashishlik khuddi nafas olish va sezish kabi odatdir. Etiqod bizning yashashimizga qandaydir kuch beradi.».

Kup hollarda biz ikhtiyorsiz ravishda Allohning borligiga iymon keltirib,   uning panohiga utamiz. Taajjubki, dinsiz ateistlar ham «Mashaaloh», «Khudo khohlasa», «Khudo rahmatiga olsin» kabi iboralarni kup ishlatadilar.  Mukkasidan ketgan dinsizlar hech qanday choralari   qolmaganda  ilohdan panoh izlashib, muayyan ahdlar qilishadi.

Kunlarning birida Imom Jafar Sodiqdan Alloh haqida surashdi. Imom javoban dedi: «Kemada ochiq dengizga chiqqanmisan?» Javob  ijobiy buldi. Imom yana suradi: «Dengizda ilojsiz holatga tushganmisan? Tufon sababli sening kemangni garq bulish arafasida, senda esa  qutulish uchun hech qanday imkon yuq. Shu daqiqada qalbingda seni qutqaruvchi kuch borligiga  ishonching komil bulganmi?»  Javob yana ijobiy buldi. Imom javob berdi: «Ana shu kuch  Allohdan edi. Alloh taolo shunday Zotki, ilojsiz qolganingda, hech  qanday makhluqot yordam qulini chuza olmaganida senga madad beradi».

Har bir inson fitratda tugilar ekan, kimdir uni charkhlaydi, kimdir esa barbod qiladi. Natijada ayrim insonlar mumin, ayrimlari esa kofir buladilar. Insonning fitratda tugilishi uning qaerda, qachon, qanday sharoitda tugilganiga bogliq emas. Barcha zamonda bu tuygu qalbda saqlangan. Sharoitga qarab bu tuygu kamayishi yoki umuman. tugashi mumkin.

Insonlarning   fitratda tugilishi Alloh taolo tomonidan berilgan katta nematdir. Alloh bu nemat sababidan uni tanishimizni oson qildi. Alloh mehribon va  rahimli Zotdir. Allohni tanishlikka chaqiruvchi nabiylar, paygambarlardan tashqar,i insonning ichki dunyosi ham uni Allohni  tanishlikka chorlaydi.

Bu tuygu gunohkorlarni qurolsizlantirishga khizmat qiladi. Allohni inkor qiluvchilar uzlarini oqlay olmaydilar. Chunki ularning fitratida Allohga bulgan muhabbat bor edi, ammo ular uni yuq qildilar va khudosiz buldilar. Bu bilan barcha fitratda tugilganligiga uzi guvohlik bermoqda.

Alloh taolo Arof surasi 172,173-oyatlarida shunday marhamat qiladi:« Robbingiz Odam ugillarining bellaridan (pushti kamarlaridan) zurriyotlarini (ruhlarni) chiqarib olib, ularni uzlariga guvoh qilib turib:«Men Robbingiz emasmanmi?» (dedi). (Ular): «Yug-e! (Robbimizsan!) Guvohlik berdik», dedilar. Qiyomat kuni:«Biz undan gofil (bekhabar ) edik yoki oldindan ota-bobolarimiz mushrik bulganlar. Biz ulardan keyin kelgan zurriyot edik. (Usha) nohaq kishilarning fellari sababli bizni halok qilasanmi?» deyishlarini (bilganimiz uchun shunday qildik).

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари