Home / Madaniyat / Allohga hamdu sanolar bulsin!

Allohga hamdu sanolar bulsin!

hajAllohga hamdu sanolar bulsin!

Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamga durudu salavotlar bulsin! Islomning 5ta  ruknidan bittasi haj. Bu amal musulmonlarga farz bulib, hajga sogligi, imkoni etganlar boradi.

Quroni Karimda: «Unda aniq alomatlar-«Maqomi Ibrohim» bordir. Unga (Kabaga) kirgan kishi omonda bulur. Yulga qodir bulgan odamlar zimmasida Alloh uchun Baytni haj qilish (farzi) bordir. Kimda-kim (buni) inkor etsa, bas, albatta, Alloh olamlardan behojatdir», deyiladi. (Oli Imron 97-oyat)

Hadisi shariflardan birida:

«Kimki hajga qodir bulsa-yu, haj qilmasa, khohlasa, yahudiy bulib ulsin, khohlasa, nasroniy bulib ulsin», deyilgan.

Demak, qudrati etganicha amrni ado etish kerak, chunki haj – farz. Ayol kishi haj qilishi uchun mahrami bulishi shart. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir kishiga gazotdan qolib, khotini bilan khajga borishni amr etganlar.

Haj marosimida Muhammad sollallohu alayhi vasallam Madinadan Makkaga Kabani tavob qilishga kelganlar. Haj 629 yildan boshlab musulmonlarga rasmiy ananaga aylandi. 631 yilda Muhammad alayhissalom vidolashuv hajida umraga qushimcha, arofat togida nutq suzlab Mino vodiysiga kelib qurbonlik qildilar. Mana shu katta haj hisoblanadi.

«Maqbul bir hajning mukofoti, faqatgina jannat buladi,» degan manodagi hadis bor. Men yuqoridagi hadislarni ustozimdan eshitgach, haj, umra safari ishqida yurdim.

Bolalarimning otasiga kup gapirdim. Hadislarni uqitdim. Shundan sung nihoyat umraga «Laylatul qadr» kechasiga boradigan buldik. Khujayinim kassaga pul tulashga borsalar: «Bu yil umra yuq», deyishibdi. Eshitib, kup yigladim. 3 kun ovqat ham eya olmadim. Khujayinim shunda: «Bizga Alloh bundan ham afzalini khohlagandir», dedilar. Ozroq vaqtdan sung uchinchi uglim: «Onajon, doktor kurigidan utinglar, hajga borasizlar», deb qulimga qogoz tutqazdi. Ishonmadim. Ancha kun utgach, mahalla komissiya boshligi, «hujjatlarni olib kelinglar», dedi. Shunda ishondim, sevinchimning chegarasi yuq edi. Alhamdulillah, Allohim bizga hajga borishni nasib etdi. Bora olmaganlar qancha … Buvam, otam bora olmay, haj qilish, Kabatullohni kurish ishqida yiglab-yiglab utib ketishdi. Shunday ulug nematni Robbim bizga nasib etdi, Robbimga hamdu sanolar bulsin!

Al Bazzoz bu hadisni Abu Muso Ashariy roziyallohu anhudan rivoyat etganlar:

Kharami sharifda bir rakat uqilgan namoz uchun yuz ming, Paygambarimiz alayhissalomning masjidlarida bir rakat uqilgan namoz uchun ming savob beriladi.

Bizni Allohim shunday savoblardan bahramand qilgan bulsin.

Biz 11 mart 1999 yilda Makkaga keldik. 2 aprelda Toshkentga qaytdik.

Bu sabr va niyat imtihoni, hamma har khil holatda. Samolyotda ham shunday, kim quruq safsata bilan ovora, kim zikrda va.h.k

Biz qulimizga berilgan haj qullanmasini uqib ketdik, har khil gaplar ham kup buldi.

Biz kechqurun tugri Jiddadan Makkai Mukarramaga keldik. Mehmonkhonaga kelsak, khuddi tuy dasturkhoniga ukhshash dasturkhon tuzatilgan. Foye juda katta, yorug, shunaqa chiroyliki… ichkarida arab tilida «Allohning mehmonlari, khush kelibsiz», deb yozilgan ekan. Arabchani bilmaymiz, bizga tushuntirib berishdi. Bu nemat nasib bulganidan juda tulqinlandim, yiglab ham oldim.

Sung khonalarga qiy-chuv bilan joylashdik, chunki khech kim qaysi khonaga kirishini bilmaydi, kimdir birodarini kutgan. Men Saodatkhonni kutib turdim. Lekin u khona tulgan ekan. Men boshqa khonaga joylashdim. Sung Kabatulloh tavofiga ketdik. Avtobuslar tun-kun khizmatda. Kaba eshigidan kirdik. Bu guzallik nurlari, odamlarning kupligi bizlarni hayratga soldi. Alloh irodasi bilan qodir qilganicha tavof va say amallarini ado etdik. Tavof va saydan sung 2 rakat namoz uqidik. Bomdod namozi vaqtida sochlarimizni kestirdik. Sung mehmonkhonaga kelib, dam oldik. Peshin vaqtida peshin namoziga bordik va h.k. Khajgacha shunday davom etdi.

Bir khil odamlar koka-kola va boshqa ichimliklar ichib idishlarini kuchaga otmoqda, vaholanki bu – muqaddas er, bu erga tupurilmaydi. Akhlatlarni tozalab quysa, savobi kup buladi. Mehmonkhonada ham ayollar rakovinalarga har khil narsa tashlab, suv ketmaydigan holatga keltirishdi. Tozalasak, savob. Bu erda 1 savobga 700 hasanot bulgani uchun kup savob ishlar qilish kerak. Kam ukhlab ibodatni kupaytirish kerak. Shirinsuz, ochiq yuzli bulib, janjal qilish kerak emas. Janjallar haj ibodati savoblarini ketkazadi. Ichib turgan suvidan quyib bersa ham, savob buladi.

Oyoq kiyimlarni beliga qistirmasdan khaltaga solib tavof qilsa buladi. Akhir hukmdor huzuriga chiroyli holatda borish kerak. Tavof namoz kabi ibodat, lekin gapirgan bilan buzilmaydi. Tavofda bir-birini turtilmaydi, birovga aziyat berilmaydi. Kabatulloh atrofidagi insonlar – musulmonlarning qaymogi bulmogi kerak.

Kuchada mayib-majruh tilanchilar kup utirar ekan. Ularning qul-oyoqlarini makhsus sindirib, bu erga olib kelishar ekan. Oldiniga bilmay savob uchun kup sadaqalar berdik. Ammo keyin tushundikki, sadaqa berib, sog insonlarning majruh qilinishiga zamin hozirlashimiz mumkin ekan. Sadaqani haqiqiy muhtojga, kambagal oilaga bersa buladi.

U erda khojilarga savob olish uchun mashinalarda qatiq, sharbat tarqatilar ekan. Madinai Munavvarada ayrim khojilarning bir dona qatiqqa qanoatlanmay, qatiqdan kup olishganining guvohi buldim. Bu yakhshi emas, kupchilikka etishi, egasi rozi bulishi kerak. YOlgon mumkin emas. Haj umrimizda bir yoki ikki marta, kimgadir undan kup nasib etadigan ibodat. Buni idrok etib ibodatni chiroyli qilish kerak. Bizda ham kup kamchiliklar buldi. Robbim kamchiliklarimizni tuzatish uchun qayta-qayta haj, umra ibodatlarini ado etishni nasib etgin!

Ustozlar Kharamda tavof eng zur ibodat, unga 60 ta savob, ikkinchisi namoz 40 ta savob, uchinchisi Kabaga qarab duo, eng qulayi zikr, bir marta Alloh desa 100 marta sadaqa bergandan kup savob deyishdi. Bu ulug damlarning qiymatini bilib, bir lahzasini ham bekor utkazish kerak emas ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan bilamiz, mabrur haj –zikr, taqvo, sahiylik, ikrom bilan qilingan hajdir. Shunga erishdikmi, yuqmi – Alloh biladi.

Bir narsa meni ajablantirdi. Mehmonkhona tashqarisida dukon bor ekan. Men ozroq narsa kharid qildim. Olgan narsalarim shu joyda qolib ketibdi. Qaytib tushib sotuvchidan suradim. Sotuvchi paketning ichida nimalar borligini tuliq aytmagunimcha paketni bermadi. U erda yolgon yuq ekan.

Haj insonning dunyo va okhirati uchun katta foyda beradi. Allohim, har bir ishimizni uzingning rizoliging uchun bulishini nasib etgin! Hoji buldim, deb fakhrlanish riyo va gunohdir.

Hajda buyuk khazina, qimmatli zamonni boshdan kechirdik, qadrini bilmadik. Uzimdan khafaman. Allohim takror khaj qilishimni nasib etgin.

Alloh har bir ishimizni imtihon qiladi. Shayton hech erda tinch quymaydi. Ibrohim alayhissalom va Ismoil (alayhissalom)ni shayton vasvasa qilganida ular «Daf bul!» deb unga tosh otganlar, shuning uchun hojilar Minoda shaytonga tosh otadilar va bu amalni biz ham bajardik.

Paygambarlarning kupi Abul Quvays, yani Safo tepasining orqasida dafn etilgan. Rukn bilan Maqom orasida ham bir necha paygambarlar dafn etilgan. Ismoil alayhissalom  Hijri Ismoilda – Kabaning ochiq bulgan devorining orqa qismida dafn etilganlar. Bu erlar – shunday qimmati ulug bulgan joylar. Alloh bizni itoatli qullardan qilsin. Shaytonga aldanganlardan, nafsiga qul bulganlardan qilmasin!

Haj, umra qiluvchilarni Alloh himoyasiga oladi, chunki Allohning uzi ularni chaqirgan. Ular uyidan chiqqandan to qaytguncha duolari maqbuldir. Hojilar kurgani kelganlarni duo qilsa, Alloh suraganini beradi.

Arofatga ketishdan oldin menda qurquv buldi. Chunki u erda qiyin buladi. Kechgacha tiqilinchda turish kerak. U erda ulim ham kup buladi, deyishgan. Lekin tushimda hammasi yakhshi, oson bulishi ayon buldi. Arofatga keldik. Havosi toza, guzal joy ekan. Chaylaga ukhshash joylarga joylashtirishdi. Hech ozor topmay, salqin joylarda ibodat, chiroyli suhbatlar bilan mashgul buldik. Shomdan sung Muzdalifaga avtobusda ketdik. Arofatda  turish – hajning farzi. Arofat arosat maydonini eslatadi. Millionlab odam tuplangan. Hamma Allohimning rahmatidan umidvor, duoda, terga botgan. Okhiratda ham khuddi shunday buladi. Quyosh tepalariga yaqinlashtirilganda, odamlarning miyasi qaynaydi. U kunda zakot va sadaqalari soyabon buladi. Muzdalifada shom bilan khuftonni bir qilib uqidik. Hajda okhirat manzarasi juda yakhshi kurinadi. Odamlar chumolidek, bir-birlarini topolmaydilar. Hamma uzi bilan uzi ovora. Abasa surasi 34-37-oyatlarida aytilganidek:

«Usha kuni kishi uz birodaridan qochur. Yana onasi va otasidan ham, khotini va ugillaridan ham. (Chunki) u kunda ulardan har bir kishida uziga etarli narsa (tashvish) bulur».

Haqiqatda ham, haj okhiratni eslatadi. Tahoratimni yangilamoqchi bulib khujayinimni qidirib topa olmadim, shunda menga yonimdagi birodarim yordam berdilar. Tahoratkhonaga birga borib keldik

Bomdoddan sung Minoga keldik, tosh otildi, qurbonlik qilindi. Ifoza tavofini ado etishga Makkai Mukarramaga keldik va alhamdulillah, uni ado etdik. Sung Minoga ketildi. Qaytib kelib vidolashuv tavofini ado etdik va Madinai Munavvaraga ketdik. Madinadagi osoyishtalik, ozodalik, uning guzalligi bizlarni hayratga soldi. U erda ikki kun buldik. Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam masjidlariga bordik. Muborak qabri shariflarini ziyorat qildik. Uhud togini, shahidlar qabristonini ziyorat qildik. Ikki qibla masjidiga bordik. Khullas, hamma ziyorat qilinishi kerak bulgan joylarga olib borishdi. Alloh hojilar khizmatida bulganlardan rozi bulsin.

Haj –  juda guzal ibodat. Haji qabul bulgan hoji qarindoshlaridan 400 kishini shafoat qilar ekan. Hajimiz qabul bulishi uchun esa janjal, fisq ishlardan saqlanib, zikr, Quron tilovati, duo bilan mashgul bulib, sabrli, ochiq chehrali, shukurli, ikromli, sahiy bulib ibodat qilish kerak ekan. Alloh barchamizga bu ulug nematni nasib etsin!

Lekin bazi hojilar tushunmay janjallashadilar. Avtobuslarga chiqishda bir-birlarini hurmat qilmaydilar. 1999 yilda hajga borganimizda hojilar bizga khizmat qilgan avtobus haydovchisining qulini sindirib quyishdi. Shundan sung bizga eski avtobus berishdi. Keyin u ham bulmagach, uzimiz mashina yollab yuradigan buldik. Biz uchun bunday holatlar uyat.

Hajga ketmasdan oldin tushimda qaynotamlarni kasal holatda kurdim. Tushimda bir odamga topshirib ketibmiz. Ularga haji badal qildik. Keyingi tushimda krovatda oppoq kiyimlarda, khursand holatda Kabani tavof qilayotganlarini kurdim. Demak, haji badal qilish kerak ekan.

Khullas, hajga borgan odam har joyda zikrda bulib, sabr bilan ibodat qilishi, bu kunlarning har damini qimmatli bilib, tushunib, Allohning muhabbatiga, jamoliga erishish uchun imkonni quldan bermaslik kerak.

Barchamizga khatolarimizni Alloh magfirat qilib, tuzatish uchun qayta-qayta haj, umra ibodatlarini bajarishni nasib etsin! Hajdan qaytgach, mumin-qobil bulib Allohning muhabbati bilan yashaylik! Insonning hajdan keyingi holati guzal bulmasa, bu uning haji qabul bulmaganiga bir dalolatdir. Alloh riyoni sevmaydi. «Hojiman» demang. Vizitkangizga yozmang! Alloh bilsin, uzi qabul qilsin. Omin!

Umrimizning qolgan qismida Allohim uzing sevgan qullardan bulib, sevganlarimiz, yaqinlarimiz bilan jannatlaringga kirib, jamolingni kurishni nasib etgin! Uzingning rizoligingga muvofiq hayot kechirishni, hayru-hasanotlar qilishni, utganimizdan keyin ham savob qozonishga sabab buladigan amallar qilishni nasib etgin. Ustozlarimdan rozi bulgin! Dunyo-okhiratda nima yakhshiliklar bulsa, shuni bergin! Omin, Robbil alamiyn!

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари