Home / Madaniyat / Alloh taoloning rahmatining kengligi haqida
Место рекламы

Alloh taoloning rahmatining kengligi haqida

allohAlloh taolo: «Rahmatim esa hamma narsadan kengdir. Uni taqvo qilganlarga, zakot berganlarga, oyatlarimizga iymon keltirganlarga yozajakman», degan (Arof, 156).

Allohning rahmati juda ham keng, Uzi khalq qilgan bu dunyodan ham keng. Uning rahmati muminga ham, kofirga ham, taqiyga ham va osiyga ham shomildir.

Shuningdek, Alloh taolo Uz rahmatini yozib quyadigan, alohida bakhtga sazovor etadigan bandalarining sifatlarini ham zikr qilib utmoqda:

«Uni taqvo qilganlarga, zakot berganlarga, oyatlarimizga iymon keltirganga yozajakman».

Alloh taoloning rahmatiga, shubhasiz, sazovor bulish uchun banda bir necha sifatlarga ega bulishi lozimligi shart qilinmoqda:

Birinchisi — taqvo qilish, yani Allohning aytganini qilib, qaytarganidan qaytib yashash.

Ikkinchisi — zakot berish, yani Allohga moliyaviy ibodat qilish.

Uchinchisi — Allohning oyatlariga iymon keltirish.

Turtinchisi — Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ergashish.

Alloh taolo: «Sen (Mening tarafimdan): «Ey uz jonlariga isrof (jabr) qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bulmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat etar. Albatta, Uning Uzi uta magfiratli va uta rahimli Zotdir», deb ayt», degan (Zumar, 53).

Imom Bukhoriy Said ibn Jubayr roziyallohu anhudan keltirgan rivoyatda aytilishicha, kuplab gunohlar qilgan bir guruh mushriklar Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Albatta, sen davat qilayotgan narsa juda ham guzal. Qani ayt-chi, biz qilgan narsalarni yuvadigan narsa ham bormi?» deb surashganida Alloh taolo ushbu oyati karimani tushirgan ekan.

Tafsirchi ulamolarimizning takidlashlaricha, bu oyati karima Qurondagi eng umidvorlik oyati hisoblanadi. Bu oyatda bandalar uchun eng ulug bashorat bor.

Avvalo, Alloh taolo:«Ey uz jonlariga isrof (jabr) qilgan bandalarim», deb bandalariga uz nisbatini bermoqda.

Aslida mol-dunyoni ortiqcha sarflashga «isrof» deyiladi. Shuningdek, bu suz manaviy jihatdan haddan oshishga nisbatan ham ishlatiladi. Binobarin, gunoh qilgan odam isrofchi buladi, chunki u Alloh belgilab quygan haddan (chegaradan) chiqqan hisoblanadi. Gunoh tufayli haddidan oshgan odam uziga zarar, jabr qiladi. Alloh taolo ushbu oyatda bandalarning gunoh sababli isrofga yul quyib, uzlariga jabr etishini aytmoqda.

«Allohning rahmatidan noumid bulmang!»

Uning rahmati juda kengdir. «Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat etar».

Alloh taolo Niso surasida shirkdan boshqa barcha gunohlarni magfirat etishini takidlagan. Chunki: «Albatta, Uning Uzi uta magfiratli va uta rahmli Zotdir».  Tavba qilgan bandalarning gunohlarini kechiradi.

Avval aytib utilganidek, mufassirlarimiz bu oyati karimani Allohning Kitobidagi eng umidli oyat, deb takidlaydilar va ayni paytda bu umidning gunohga tashviq etuvchi umid emasligini ham qattiq uqtiradilar. Yani Alloh barcha gunohlarni kechiradi, degan umid bilan bila turib gunohlarda davom etishning farqi bor. Bu oyatda Allohning qonun-qoidalarini bilmasdan avval gunoh qilib yurganlar ham magfiratdan umid uzmasliklari kerakligi aytilyapti. Bu haqiqatni oyatning nozil bulish sababidan ham bildik.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh khaloyiqni khalq qilganda Uz Kitobiga (ushanda U arshning ustida, uning oldida turgandi) «Albatta rahmatim azobimdan golib keladir», deb yozib quydi», dedilar».

Sharh: Ushbu rivoyatdagi «Uz Kitobiga» degan jumladagi kitobdan murod, «Lavhul Mahfuz»dir.

Demak, Alloh taolo «Albatta rahmatim azobimdan golib keladir», deb yozgan Kitobning nomi «Lavhul Mahfuz»dir. Bu ham iymon keltirish lozim narsalardan biridir.

«Arsh» suzi lugatda podshoh utiradigan takhtni anglatadi. Aqoid ilmi ulamolarining keltirishlaricha, oyat va hadislarda kelgan vasflarga binoan, «Arsh» oyoqlari bor takht bulib, uni farishtalar kutarib turadi. U khuddi olam ustidagi qubbaga ukhshaydi. U barcha makhluqotlarning shiftidir. Alloh taoloning esa Arshga ehtiyoji yuq, balki uni Uzi bilgan hikmat uchun yaratgandir:

«Arshning ustida» deyishda ham hissiy mano kuzda tutilmagan, chunki Arshning ustida hech narsa yuq. Bu erda Allohning huzuridagi oliy makonlik kuzda tutilgan. «YOzdi» deyilishi esa «Qalamga yozishni buyurdi», degan manoni anglatadi.

Kurib turibmizki, bu hadisi sharifda aqoid ilmida «gaybiyot» deb ataladigan narsalardan bir nechasi zikr qilinmoqda. Hadisi sharifda usha gaybiy iymon keltirish lozim bulgan narsalardan Arshni, Kitobni va ularning Alloh taolo huzuridagi martabasini eslata turib, Allohning rahmati gazabidan ilgari ekanligi takidlanmoqda. Bu esa siz bilan biz bandalarning doimo Alloh taoloning rahmatidan umidvor bulishimiz uchundir.

Alloh taoloning rahmati gazabidan golibdir. Alloh taolo Quroni Karimda: «Rahmatim hamma narsadan kengdir», degan (Arof, 156).

Yana usha kishidan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Agar mumin Allohning huzuridagi uqubatni bilganida, biror kishi Uning jannatiga tama qilmas edi. Agar kofir Allohning huzuridagi rahmatni bilganida, biror kishi Uning jannatidan noumid bulmas edi», dedilar».

Sharh: Bundan ikki taraf ham birligi va biridan qurqib, boshqasidan umid qilib, biridan qutulishning, boshqasiga esa sazovor bulishning chorasini akhtarib yurish lozimligi kelib chiqadi.

Yana usha kishidan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh rahmatni yuz bulak qilgandir. Tuqson tuqqiztasini Uz huzurida tutib qolib, bitta rahmatni erga nozil qilgandir. Ana usha bulakdan makhluqotlar bir-birlariga rahmat qiladilar. Hatto hayvon bolasini bosib olishdan qurqib, tuyogini kutaradi», dedilar».

Yana usha kishidan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Allohning yuzta rahmati bordir. Ulardan bittasini jin, ins, hayvonot va hasharotlar orasiga nozil qilgandir. Bas, usha ila ular bir-birlariga mehr va rahim kursatadilar. Usha ila vahshiy hayvon uz bolasiga mehr kursatadi. Alloh tuqson tuqqizta rahmatini keyinga quygan. Ular ila qiyomat kuni bandalariga rahmat kursatadi», dedilar».

Ushbu turttani ikki shaykh va Termiziy rivoyat qilishgan.

Sharh: Okhirgi ikki hadisi sharif bir-birini tuldirib, takidlab kelmoqda. Alloh taoloning keng rahmatidan katta qismi qiyomatga qoldirilgan ekan. Alloh taolo barchamizni usha kunda rahmatiga olsin.

Jundub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishi «Allohga qasamki, Alloh falonchini magfirat qilmaydi» desa, Alloh taolo «Falonchini magfirat qilmasligim haqida qasam ichayotgan kim uzi?! Batahqiq, Men falonchini magfirat qildim va sening amalingni behuda qildim», deydi», dedilar».

Boshqa bir rivoyatda:

«Alloh bandani bu dunyoda satr qilgan bulsa, albatta, Alloh uni qiyomat kunida ham satr qiladir», deyilgan.

Ushbu uchtani Muslim rivoyat qilgan.

Sharh: Demak, birovni Alloh taolo magfirat qilmaydi deyishga hech kimning haqqi yuq. Shu bilan birga, qilgan gunohi berkitilgan holda qolgan mumin bandaning yakhshilikdan umidvor bulishiga katta yul bor ekan.

Umar ibn Khattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga asirlar keltirildi. Asirlar ichida bir ayol giryon urib tipirchilab yurardi. Birdan u asirlar orasida yurgan bir gudak bolani kurib qoldi-da, uni bagriga bosib, emiza boshladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga:

«Mana shu ayol bolasini olovga tashlaydi, deb uylaysizlarmi?» dedilar.

«Yuq! Allohga qasam! U uni aslo tashlamaydi», dedik.

Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Alloh bandalariga mana shu ayolning bolasiga rahm qilishidan kura rahmliroq», dedilar».

Ikki shaykh rivoyat qilishgan.

Sharh: Dunyoda onaning uz bolasiga kursatadigan rahim-shafqatiga, muhabbatiga ukhshash narsani topib bulmasligi hammaga malum. Bu hadisi sharifda Alloh taoloning bandalarga kursatadigan rahm-shafqati va mehribonligi onaning rahm-shafqatidan ham keng va shomilligi takidlanmoqda.

Abu Zarr al-Giforiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh azza va jalla: «Kim bir yakhshilik qilsa, unga un mislicha va ziyoda ham qilurman. Kim bir yomonlik qilsa, uning jazosi ushaning mislicha yomonlik buladi yoki uni magfirat qilurman.

Kim Menga bir qarich yaqinlashsa, Men unga bir arshin yaqinlashurman. Kim Menga bir arshin yaqinlashsa, Men unga bir quloch yaqinlashurman. Kim Men tomon yurib kelsa, Men u tomon yugurib borurman. Kim Menga er tula gunoh ila rubaru kelsa, ammo Menga shirk keltirmagan bulsa, Men unga ushaning mislicha magfirat ila rubaru kelurman» deydi», dedilar».

Muslim va Termiziy rivoyat qilishgan.

Termiziyning lafzida:

«Alloh taolo: «Ey odam bolasi! Modomiki, sen Menga duo qilar ekansan va Mendan umidvor bular ekansan, Men seni sendagi borki narsa ila magfirat qilurman. Parvo qilmayman.

Ey odam bolasi! Agar gunohlaring osmonning tepasiga etgan bulsa ham, sen Menga istigfor aytsang, seni magfirat qilurman. Parvo qilmayman.

Ey odam bolasi! Menga er tula gunoh ila rubaru kelsang, ammo Menga shirk keltirmagan bulsang, Men senga ushaning mislicha magfirat ila rubaru kelurman» deydi», dedilar», deyilgan.

Sharh: Alloh taolo hammamizni shirkdan saqlab, Uz magfiratiga sazovor qilsin!

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

4S6J7wvgRLJySdzYpelxtEFZLzuBzNnr

Karantin sababli yaqinlaringizga pul junatish masalasida muammoga keldingizmi?

Karantin sababli viloyatlar, tumanlar urtasida transport orqali harakatlanish vaqtincha cheklanganligi sabab uz yaqinlariga pul junata …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари