Home / Madaniyat / Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas

Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas

allohBismillahir Rohmanir Rohim

«Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas. Foydasi ham uz kasbidan, zarari ham uz kasbidan. Ey Robbimiz, agar unutsak yoki khato qilsak, (iqobga) tutmagin. Ey Robbimiz, bizdan oldingilarga yuklaganga ukhshash ogirlikni bizga yuklamagin. Ey Robbimiz, bizga toqatimiz etmaydigan narsani yuklamagin. Bizni afv et, magfirat qil va rahm et. Sen khojamizsan. Bas, kofir qavmlarga bizni golib qil».

(Baqara surasi, 286-oyat)

 Hamma narsani daqiq-daqiqlarigacha biluvchi Alloh har bir jon ham nimaga yaraydi-yu, nimaga yaramaydi – yakhshi biladi. Bandalariga mehribonligidan, imkoni va haqqi bulsa ham, hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi:

«Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas».

Allohning buyruqlari va qaytariqlari bandaning imkoni darajasi doirasida buladi. Ana usha taklifga amal qilishiga qarab, boshqa hech bir narsaga qaramasdan, bandaning jazosi yoki mukofoti belgilanadi. Har bir bandaning:

«Foydasi ham uz kasbidan, zarari ham uz kasbidan.»

Okhiratda oshna-ogaynichilik, vositachilik, nasli-nasabiga qarash yoki boshqa imtiyozlar utmaydi. Har bir shakhs uzi uchun uzi javob beradi. Shunday ekan, har bir banda iymon ikhlos bilan Allohning amrini bajarishi va doimo uning uziga yolborib duo qilishi zarur:

«Ey Robbimiz, agar unutsak yoki khato qilsak, (iqobga) tutmagin».

Mumin banda bor imkonini ishga solib Allohning farmoniga muvofiq ish yuritishga harakat qiladi. Bu borada kupgina tusiqlarni engib, qiyinchiliklarga bardosh beradi. Lekin u farishta ham emas, bazi vaqtlarda bilmasdan khato qilib quyadi yoki bazi narsalarni unutib, esdan chiqaradi. Shuning uchun ham duoning avvalboshida mazkur narsalar uchun azobga tutmaslikni Alloh taoloning Uzidan suramokda. Alloh taolo mumin bandalarining ushbu duosini qabul etgan.

Imom Tobaroniy rivoyat qilgan hadisda Paygambar alayhissalom:

«Ummatimdan uch narsa – khato, esdan chiqqan ishlar va majbur qilinganlik kutarildi», deganlar.

«Ey Robbimiz, bizdan oldingilarga yuklaganga ukhshash ogirlikni bizga yuklamagin».

Malumki, Alloh taolo avval utgan ummatlarga ular qilgan osiyliklari uchun qiyin-qiyin takliflar yuborgan.

Bazilariga tavba qilish uchun uzini uldirishni amr qilgan bulsa, boshqalarga najosatni ketkazish uchun kiyimini kesishni buyurgan. Shunga ukhshash ogir ishlar Islom ummatiga ham bulmasligi suralmoqda:

«Ey Robbimiz, bizga toqatimiz etmaydigan narsani yuklamagin».

Muminlar Allohning amri qanchalik bulsa ham, bajarishga doim tayyorlar. Lekin Allohning rahmati kengligidan umidvor bulib, uzlarini kichik fahmlab, bu duoni qilishmoqda.

«Bizni afv et, magfirat qil va rahim et».

Mumin banda har qancha harakat qilsa ham, bandalik burchini tuliq ado eta olmasligini yakhshi biladi. Shuning uchun doimo uziga Allohning afvi, magfirati va rahmatini surab turadi.

«Sen khojamizsan. Bas, kofir qavmlarga bizni golib et.»

Haqiqatan, mumin bandaga Allohning Uzidan boshqa khoja yuq. YOrdamchi yuq. Shuning uchun ham muminlarning hayotlaridagi eng muhim narsalardan biri kofir qavmlar bilan buladigan kurashda Uning Uzidan goliblikka yordam suralmoqda.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари