Home / Madaniyat / Albatta, U eshitguvchi va kurguvchi Zotdir

Albatta, U eshitguvchi va kurguvchi Zotdir

eshitguvchi-zotBismillahir Rohmanir Rohiym

«Uz bandasini kechasi Masjidul Haromdan atrofini barakali qilganimiz Masjidul Aqsoga mujizalarimizni kursatish uchun sayr qildirgan Zot pok buldi. Albatta, U eshitguvchi va kurguvchi Zotdir».

(Isro surasi, 1-oyat)

 Oyati karimada Alloh taolo Uzini Uzi poklab yod qilmoqda va bandasi Muhammad sollallohu alayhi vasallamni isro qildirgani, yani kechaning bir qismida sayr qildirgani haqida khabar bermoqda. Oyatdagi «Uz bandasi»dan murod Muhammad sollallohu alayhi vasallamdirlar. Muhammad sollallohu alayhi vasallam doimo Allohning bandasi ekanliklari bilan fakhrlanib yurar edilar. Ushbu oyatda u Zotning nomlari aytilmay,

«Uz bandasi» iborasi ishlatilishi ham Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam uchun fakhr hamda eng ogir paytda u kishi uchun tasallidir.

Quroni Karimda

«Masjidul Harom» iborasi uch narsaga ishlatiladi.

Birinchisi – Kabai Muazzama atrofidagi masjid.

Ikkinchisi – Makkai Mukarrama shahri.

Uchinchisi – Makkai Mukarrama atrofida haram uchun belgilangan chegara; kofirlar kirib bulmaydigan, ov ovlanib, usimliklari kesilib yoki yulinib bulmaydigan, kupgina malum ishlar harom etilgan mintaqaga nisbatan ham ishlatiladi.

Ushbu oyati karimadagi «Masjidul Harom» iborasi Makkai Mukarrama shahri manosida kelgan. Isro kechasida Paygambarimiz Kabai Muazzama atrofidagi masjidda emas, shaharning bir tarafida joylashgan amakilarining qizi Ummi Honining uyida ukhlab yotgan edilar.

«Masjidul Aqso»dan murod Shomi Sharifdagi Baytul Maqdisdir. «Aqso» suzi uzoq, chet manolarini bildiradi. Masjid esa ibodatkhona, sajdagoh manosini bildirishi hammaga malum. Usha paytda Baytul Maqdis Makkai Mukarramaga nisbatan uzoq va eng chetdagi ibodatkhona hisoblanar edi. Shuning uchun ham, Alloh uni «Masjidul Aqso» deb nomladi. Alloh taolo Masjidul Aqsoning atrofini barakali qilib quyganini ham aytmoqda.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари