Home / Jamiyat / «Al Hilol»ga qarshi bu safargi uyin finaldek buladi». Masharipov bilan suhbat yokhud #FootWeek’da tomosha qiling!
Место рекламы

«Al Hilol»ga qarshi bu safargi uyin finaldek buladi». Masharipov bilan suhbat yokhud #FootWeek’da tomosha qiling!

FootWeek loyihasi davom etadi. Bu dafa kursatuv «Pakhtakor»ning Osiyo Chempionlar Ligasidagi uyinlariga tugri keldi.

Jaloliddin Masharipov «Al Hilol»ga qarshi uyinlar haqida

Khabaringiz bor, Uzbekiston chempioni bahorda guruhning 2 uyinini utkazgan, har ikkisida galaba qozongan holda guruh peshqadami bulib turgandi. Qatarda markazlashgan tartibda uta boshlagan OChL guruh bosqichi 3-turida «Pakhtakor» turnirning amaldagi chempioni, qitaning eng kuchli klublaridan biri bulmish «Al Hilol»ga qarshi uynadi va aytish joizki, kutilganidan-da yakhshiroq uyin namoyish etdi. Afsuski, natija ijobiy emas. Biz uyindan sung jamoa etakchisi Jaloliddin Masharipov bilan suhbatlashdik. «Pakhtakor» klubi matbuot khizmatining yordami bilan uyushtirilgan mini-intervyuda Jaloliddin jamoa maglubiyati sabablari haqida va javob uyini oldidan uz fikrlarini bildirdi.

Superligada VAR qanday ishlaydi?

Chempionatimizda Video Assistant Referee tizimi joriy etilishiga qadam quyilgan. Ushbu tizimni kharid qilib, undan foydalanish buyicha hakamlarni uqitish va tizimning uzini sinovdan utkazish ishlari allaqachon boshlangan. Biz bu borada FIFA hakami Jahongir Saidov bilan gaplashdik. Saidov VAR tizimi haqida tushuncha berib, uning qay tarzda, qay tartibda ishlashi, tekhnik asoslari va chempionatimizga joriy etilishga harakatlar haqida suzlab berdi. Bu ham siz aziz mukhlislar uchun qiziq bulsa kerak, degan umidimiz bor.

Ginnes kitobiga kirgan antiqahramon

Odatdagidek, bu safar ham jahon futbolida ruy bergan qiziqarli voqealarga tukhtalganmiz. Jumladan, erkaklar jamoasiga utgan ayol futbolchi, ishsiz qolgan shartnomasiz futbolchilar haqidagi malumotlarni kursatuvdan bilib olasiz. Yana ham qizigi, biz yana moziyga murojaat qildik. Tarikhdan urin olgan uyinlar va voqealar haqida kichik hikoyachalarimiz orqali katta yoshli mukhlislarga nostalgiya, yosh mukhlislarga esa futbol bilimi ulasha olsak ne ajab. Ayniqsa Martin Palermo Ginness rekordlar kitobiga qaysi hunari uchun antiqahramon bulib kirganini hozirgi avlod mukhlislari bilib olsalar chakki bulmasdi.

Qisqasi, FootWeek’ni tomosha qiling va zavqlaning. YOqimli tomosha!

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

VgMJ-J98zS0gpGhnv6oPDJ1p5p7UFv78

Andijon shahri hokimining auksionsiz er ajratib berish tugrisidagi qarori noqonuniy deb topilib bekor qilindi

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarovning noqonuniy qarori bekor qilindi. Adliya vazirligi akhborot khizmati khabar berishicha, Andijon shahar …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари