Home / Siyosat / «Agar vazir talabalarni eshitsa balki istefo berardi» — Partiyalar stipendiyalar haqida
Место рекламы

«Agar vazir talabalarni eshitsa balki istefo berardi» — Partiyalar stipendiyalar haqida

Bugun, 28 noyabr kuni Toshkentdagi «Zarafshon» konsert zalida siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida «Oliy talim tizimi: Mavjud muammolar va ularni hal qilish yullari mavzusida «Demokratik debat» tok-shousining navbatdagi soni suratga olindi.

Unda 2019-2020 uquv yilida oliy talim muassasalari talabalari uchun qatiylashtirilgan (400 ming sumlik) stipendiya masalasi kutarildi va partiyalardan bu boradagi fikr suraldi.

fbkfxagedozmfeeymvxs02azfwlxeyy3Bu masalada birinchi bulib UzLiDeP partiyasi vakili, iqtisod fanlari doktori, professor Nodir Jumaev suz oldi.

«Avvalo, talaba uchun bu summa etarlimi, degan masalani quyish kerak. Yaqinda Andijon viloyati hokimi talabalar bilan birga ovqatlandi. Shu erda hokim tushlik uchun 15 ming sum tulov qildi va joylardagi asl holatni kursatib berdi.

Endi hisoblaylik, bir talaba nonushtaga istemol qiladigan mahsulotlarni 10 ming sum, kechki ovqatlanishni esa 15 ming deb hisoblasak, bu tushlik bilan 40 ming sumni tashkil qiladi, endi buni bir oyga hisoblab kuring.

Bu talabaning faqat ovqatlanish kharajati, unga boshqa ekhtiyojlar uchun summalar qushilmagan. Demak, talabalar uchun tulanadigan stipendiyani qayta kurib chiqish kerak.

Bu masala bizni partiya deputatlari Rasul Kusherbaev va Abdurashid Abduqodirov tomonidan ham bir necha marta kutarildi», deydi u.

Milliy tiklanish partiyasi vakili, pedagogika fanlari doktori, professor Nodira Egamberdievaning fikricha, stipendiya masalasida muhokamalarni tukhtatish payti keldi.

«Yakhshilab qaraylik, bu yil kimlarga «Nobel» mukofoti berildi va nima uchun berildi?

Ular iqtisodiyotni jamiyatda yigilib qolgan kichik muammolarni hal qilish orqali rivojlantirishni taklif qilishmoqda. Khup, stipendiya masalasi oliy talim tizimidagi kichik bir masala. Lekin biz bu mavzuni turt oydan beri muhokama qilyapmiz. Barcha debatlar faqat shu masala atrofida aylanmoqda. Akhir atrofimizda yuzlab ijtimoiy muammolar yigilib ketgan.

Albatta, biz tabaqalashgan stipendiya tarafdorimiz, lekin bu mavzuni yopish vaqti keldi», deya fikr bildirdi Nodira Egamberdieva.

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi urinbosari Mirodil Abdurahmonov esa keskinroq fikr bildirdi.

«Agar hozir Oliy va urta makhsus talim vaziri talabalarning mana shu erdagi fikrlarini eshitayotgan bulganida balki istefoga chiqardi. Partiyamiz bu masalani juda jiddiy masala deb hisoblaydi va u tezroq tugri echimini topish kerak», dedi u.

«Adolat» SDP Markaziy kengashi raisi urinbosari Fakhod Ishankulov qatiylashtirilgan stipendiya avvalboshdanoq khato tizim bulganini takidladi. 

«Yaqinda oliy talim vazirining hisobotini eshitdik. Unda vazir parlament oldida avvalgi, tabaqalashtirilgan stipendiyaga ukhshash tizim joriy qilishga vada berdi.

Uylaymizki, bu vada amalda ham natijasi bilan kurinadi va deputatlar tomonidan nazoratga olinadi», dedi u.

Khalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi bulimi boshligi Boymurod Yusupov bir khil stipendiya talabalarning uqishga bulgan motivasiyasi yuqolishiga sabab bulgani haqida gapirdi.

«Bizning Oliy talimdan kuzlagan maqsadimiz faqat kadr chiqarish emas. Maqsad – malakali mutakhassis tayyorlash. Hozir amalda bulgan bir khil stipendiya talabalarning uqishga bulgan motivasiyasini sindirmoqda.

Stipendiyasi kamaygan talaba hech qachon bilim olishga intilmaydi, u qorin tuydirishi ham kerak akhir», deydi u.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

2C654058-2721-4100-BD85-432BF9CEB3C1_cx9_cy6_cw91_w1023_r1_s

Fargona viloyat hokimi fermerga kredit ajratishni soqoli usib ketgani uchun rad etdi

Fargona viloyat hokimligida soqolli tadbirkor tahqirlanib, yigilishdan haydalgani qayd etilgan audioyozuv Ozodlikka kelib tushdi. Audioni …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари