Home / Jamiyat / Abiturient-2019: Qabul jarayoniga oid savollarga javoblar

Abiturient-2019: Qabul jarayoniga oid savollarga javoblar

15 iyun kuni Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Akhborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Oliy va urta makhsus talim vaziri Inomjon Majidov, Davlat test markazi direktori Majid Karimov hamda Talim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshligining birinchi urinbosari Hotamjon Ketmonov ishtirokida 2019/2020 uquv yiliga bagishlangan matbuot anjumani bulib utdi.

f5xh-xkibc60l1ihqhs9na35y2wfflzq

Huquqshunos Khushnud Khudayberdiev telegramdagi kanalida bu yil uqishga hujjat topshirayotgan abiturientlarni qiziqtirgan savollarga javoblarni taqdim etdi.

Qabul quyidagi 3ta joyda buladi:
Davlat khizmatlari markazi (DKhM) orqali — 5ta OTM (TDYuU, QDU, FarDU, SamDU, GulDU);
My.gov.uz orqali — yuqoridagi 5ta OTM;
OTMlarning uzida — qolgan OTMlar uchun.

Endi abiturient hujjat topshirmaydi, balki original hujjatlarini kursatib, ruykhatdan utadi va uzi bilan qaytarib olib ketadi;

Ruykhatdan utish uchun quyidagilar kerak:

  1. Pasport (u yuq bulsa, yoki 09-forma, yoki tugilganlik guvohnomasi);
  2. Diplom yoki shahodatnoma (ilovasi bilan);
  3. Mabodo imtiyozi bulsa, uni tasdiqlovchi hujjat.

OTMlar orqali ruykhatdan utganda ham khuddi shu hujjatlar talab etiladi, avvalgi yillardagidek rasm, papka, 086-malumotnoma shart emas;

DKhM va portal orqali ruykhatdan utiladigan 5ta OTMning tartibi quydagicha:

  • ushbu 5ta OTM faqat birinchi OTM sifatida tanlanayotgandagina DKhMga (portal) borish kerak. Masalan, abiturient 1-FarDU; 2-TDTU; 3-FarPI ketma-ketligida topshirmoqchi bulsa, DKhMlarga boradi;
  • agar ushbu 5ta OTM 2 yoki 3-OTM sifatida tanlanayotgan bulsa, unda DKhMlarga emas, balki OTMlarga borish kerak. Masalan: 1- TDTU; 2-FarDU; 3-FarPI.
  • bundan tashqari, abiturientlarga engillik berish maqsadida, Yuridik universitetdan tashqari qolgan 4ta OTMning uzida ham DKhMdagi kabi qabullar buladi. Yani masalan, GulDUni 1-OTM sifatida tanlamoqchi bulganlar, khohlasa DKhMga, khohlasa GulDUning uziga borishi mumkin. Khuddi shu tartib FarDU, SamDU, QDU uchun ham amal qiladi.

OTMlardagi qabullar tartibi quyidagicha:

  • istalgan OTM orqali boshqa joylarga hujjat topshirish mumkin. Buning uchun aynan usha OTMning uziga borish shart emas. Masalan, bukhorolik abiturient BukhDUga borib Toshkentdagi 3ta OTMga: 1) TTA; 2) Pediatriya; 3) Farmasevtika kurinishida hujjat topshira oladi.
  • YOki surkhondaryolik abiturient TerDUga borib 1) QarDU 2) SamDU 3) UzMU kurinishida topshira oladi. Faqat bitta joyi – mabodo SamDU 1-OTM bulsa, unda yuqorida aytganimizdek yoki tumandagi DKhMga yoki SamDUning uziga borish kerak;

«YOdingizda bulsa, ancha oldin magistraturaga faqat turdosh mutakhassisliklar buyicha bakalavr diplomiga egalar hujjat topshirishga oid cheklovni bekor qilish rejalashtirilayotgani haqida yozgandim. Buni mutasaddilar ham tasdiqladi, joriy yildan ushbu tartib amal qiladi.

Tulovlar miqdori quyidagicha:

  • joriy yilda bitirganlar – tekin;
  • utgan yillarda bitirganlar – 101 365 sum.

Boshqa hech qanday tulov yuq», deyiladi postda.

Khushnud Khudayberdiev abiturient testni qaerda topshirishi haqidagi savolga ham aniqlik kiritgan.

«Bu yil abiturientlar respublikaning istalgan hududida hujjat topshirib, boshqa hududda test imtihonidan utishi mumkin. Faqat ular ruykhatga olinayotganida qaerda test topshirmoqchiligini kursatishi kerak». Matbuot anjumanida mutasaddilar abiturientlar testni qaysi hududda topshirishlari haqidagi savolga shunday javob qaytarishgan.

«Bundan khulosa shuki, masalan, qoraqalpogistonlik abiturient Toshkentdagi 3ta OTMga hujjat topshirdi, deylik. Lekin arizasida testni Qoraqalpogistonda topshiraman deya belgiladi. Demak, u Toshkentga borishi shart emas, testni Nukusda topshiradi. Qachonki uqishga kirgan taqdirdagina, keyin Toshkentga keladi.

Tushunishim buyicha, test topshiradigan joyi aynan OTM joylashgan yoki uzi yashaydigan hudud bulishi shart emas. Masalan, navoiylik abiturient Bukhorodagi 3ta OTMni tanladi. Lekin u testlar utadigan vaqtda oilaviy sabablarga kura, Navoiyda emas, Samarqandda buladi deylik. Bunday paytda u hujjat topshirayotganda arizasida testni Samarqandda topshirishni belgilaydi.

Khulosa: navoiylik abiturient Bukhorodagi OTMlarga hujjat topshirib, Samarqandda testga kirsa buladi.

Umuman olganda bu juda ajoyib tartib. Kuplab ovoragarchilik va ortiqcha kharajatlarning oldi olinadi. Faqat birgina jihati, bunday tizimda qattiqqullik hamma joyda bir khil bulishi kerak. Yuqsa, katta-katta jinoiy guruhlar atayin uz «mijozlari»ni chekkaroq hududlarda testga kiritib, uyin qilishga urinib kurishlari ehtimoldan kholi emas.

Shuningdek, bu masalada yana boshqa bir tushunmovchilik ham bor va kecha shu haqida ham savol berdim.

Yani 07.06.2019 yili Vazirlar Mahkamasining 468-sonli qarori bilan tasdiqlangan reglamentning 4-bandida quyidagicha qoida belgilangan:

«Abiturientlar Markazga murojaat etgan hududda (Yagona portal orqali murojaat etganda doimiy ruykhatda turgan hududida) tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin».

Reglamentning ushbu bandi DTM rahbari aytgan tizimga biroz tugri kelmaydi. Boz ustiga Reglamentning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan surovnomada ham test topshirish hududini tanlash degan savol mavjud emas.

Reglamentdagi bu band haqida eshitib DTM direktori ham, Oliy va urta makhsus talimi vaziri ham hayron buldi. Lekin shunday bulsa-da, Majid Karimov ishonch bilan aytdiki, abiturient uzi istagan hududda test topshira oladi, buning uchun hujjat topshirishda makhsus tanlanadigan band ham buladi. Reglamentga kelsak, uni Davlat khizmatlari agentligi ishlab chiqqani sababli, nima uchun bu narsa inobatga olinmaganiga biror izoh bera olmasligini aytdi.

Mayli, hujjatda qanaqa yozilganidan qati nazar, amalda abiturientlar uchun uzi istagan joyda testga kirish huquqi kafolatlanadi. Isboti sifatida pastdagi suratga qarang, Yagona portal orqali ruykhatdan utishda test topshiradigan hududni belgilaydigan alohida band mavjud.

ESLATMA: tagin abiturientlar «istalgan joyda test topshirishim mumkin ekan» deb, test kuni uzi khohlagan joyga borib utirmasin, hudud oldindan belgilanadi. Ruykhatdan utayotganda test topshirish joyini etti ulchab bir kesgan holda tanlash kerak, chunki hududni keyinchalik uzgartirib bulmaydi. Masalan, hujjat topshirayotganda Toshkentni tanlab, keyin test kuni Andijonga borish befoyda», deya yozadi bloger.

Check Also

2826413_1000

Qishda lablaringizni quritadigan 5 ta khato

Qishda quruq va yorilib ketgan lablar ham yomon kurinishga, ham ogriqqa sabab buladi. Dudoqlar quruqlikka …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари