Home / Jahon / Abdulla Aripov toshqin bulgan joyga etib borgan. Sirdaryodagi hodisa buyicha yangi malumot berildi
Место рекламы

Abdulla Aripov toshqin bulgan joyga etib borgan. Sirdaryodagi hodisa buyicha yangi malumot berildi

Sardoba suv ombori atrofidagi mahallalardan 11,5 ming kishi evakuasiya qilindi. Hodisa oqibatida halok bulganlar yuq.

Foto: FVV matbuot khizmati

1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba» suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qurgontepa aholi yashash punktiga suv kirgan.

FVV khabariga kura, bunda suv asosan ekin maydonlariga zarar etkazgani malum buldi. Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB) va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimiga (FVDT) kiruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda Sardoba tumani «Qurgontepa» MFY suv omborining atrofidagi qator aholi yashash punktlari Mirzaobod tumaniga evakuasiya qilindi. «Qurgontepa», «Dustlik», «Yurtdosh» MFYdan jami 11598 nafar aholi shular jumlasidan.

Bundan tashqari, suv bosish khavfi bulgan «Quytosh» MFY, «Ota yurt» MFY va «Birlik» MFYdan aholini evakuasiya qilish rejalashtirilmoqda.

Ayni vaqtda Oqoltin tumani «Abdualim» MFY aholisini Sardobaga evakuasiya qilish ishlari boshlangan.

Voqea joyiga bosh vazir Abdulla Aripov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya va boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlari etib borib, evakuasiya tadbirlarini tashkillashtirish, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish buyicha ishlarni muvofiqlashtirib bormoqda.

Mazkur tadbirlarga Sirdaryo viloyati FVBdan 430 shakhsiy tarkib va 5 avtotekhnika, Jizzakh viloyati FVBdan 120 shakhsiy tarkib, 6ta avtotekhnika, MVBRQMdan 60 shakhsiy tarkib, 6ta avtotekhnika, Milliy Gvardiyadan 276 shakhsiy tarkib, 43 avtotekhnika hamda hududiy FVDT khizmatlari jalb etildi.

Jabrlangan va halok bulganlar buyicha malumot kelib tushmagan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

BKCXNFxWhpk-P0WSacHdntb3aEh5lY2P

Ford khodimlari rahbariyatdan polisiya uchun mashinalar ishlab chiqarishni tukhtatishni talab qilishdi

Foto: Ford Ford khodimlari kompaniya rahbariyatiga maktub yozib, unda amerikalik polisiyachilar uchun avtomobil ishlab chiqarishni …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари