Home / Madaniyat / ANDIJONDAGI MASJID AUKSIONDA SOTILADIMI YOKI YUQ?
Место рекламы

ANDIJONDAGI MASJID AUKSIONDA SOTILADIMI YOKI YUQ?

Sunggi bir oy davomida Andijon shahri «Takhtakuprik» mahallasidagi madrasa binosi haqidagi khabarlar internetda shov-shuvlarga sabab bulmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan khabarlarda Dustlik kuchasida joylashgan madrasa kompleksi yotoqkhonaga aylantirilgan bulsada, u erda yashayotgan kishilarga sharoit yuqligi, mahalla aholisi mazkur binoni masjid qilib qaytarishlarini surayotgani haqida aytiladi.

Kuni kecha esa bino auksion orqali savdoga quyilgani malum buldi.

Mana endi barchada, «Khush, bino nega auksion orqali sotilyapti?», degan savol paydo bulgani aniq.

Kun.uz uzoq yillardan beri «qulma-qul» bulib kelayotgan bino bilan bogliq mojaroli holatlarga oydinlik kiritishga harakat qildi. Masala buyicha mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilingach, binolar kompleksidagi muammoli holat orqasidan «bir dasta hujjatlar yigindisi» tuplandi. Maqolada tuplangan hujjatlar haqida batafsil tukhtalmay, ularni qisqacha mazmunda havola qilib utamiz.

Aslida masjid yoki madrasa uchun niyat qilib qurilgan binoni uzlashtirish yoki sotuvga quyish yakhshi oilada tarbiya topgan inson uchun juda qiyin masala.

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf shaykh hazratlari shu muammo borasida savol surashganda, masjid sotilmaydi, ammo shariatdan bekhabarlar sotib olib, vaqf erni uzlashtirishi oldini olish uchun ikhlosli musulmonlardan kimdir uni sotib olsin va masjid uchun saqlab tursin, vaqti kelib, imkon bulishi bilan yana masjid tasarrufiga beradi, degan edilar.

Madrasaning ayni paytdagi egasi kim?

«Takhtakuprik» mahallasidagi mazkur inshoot madrasa yoki masjid sifatida ruykhatdan utmagach, Andijon shahar hokimining 2009 yil 10 aprel kungi 169-K-sonli qaroriga asosan, «Muqaddas ziyorat safari» MChJ tasarrufiga utkazib berilgan. Lekin, «Muqaddas ziyorat safari» MChJ uz faoliyatini tukhtatganidan keyin shahar hokimining 2011 yil 20 sentyabr kungi 658-K-sonli qaroriga binoan, maqsadli foydalanilmayotgan mazkur bino-inshootlar mahalliy kengash ikhtiyoriga qaytarib olingan. Shuni aytish jozki, bino-inshootlar 3016,86 kv.m. er maydonida joylashgan bulib, umumiy qurilish maydoni 1931,86 kv.m.ni, umumiy foydalanish maydoni esa 1716,24 kv.m.ni tashkil etadi.

Oradan qariyb turt yil utgach, yani 2015 yil 25 aprel kuni shahar hokimining 222-K-sonli qaroriga asosan, bino-inshootlar shahar hokimligi huzuridagi infratuzilma mulklarini boshqarish markazi DUK balansiga utkazilib, davlat mulki sifatida 2018 yil 2 fevral kuni 2747 tartib raqami bilan ruykhatga olindi.

Ushbu joyning bir qismiga kam taminlangan va turar joyga muhtoj bulgan 27ta oila joylashtirilgan, birinchi qavatdagi 265,44 kv.metrli khonadan (khonaqoh) esa viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi kiyim-kechak omborkhonasi sifatida foydalanib kelgan. 

2018 yil 11 fevral kuni Andijon shahar hokimligida utkazilgan yigilishda tadbirkorlik masalalari buyicha murojaatlarni hal etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi tayyorlangan. Shu rejada Andijon shahridagi «Eldaz Design» MChJ tomonidan tashkil etilayotgan bezak materiallar (suzish kompleksi uchun mozaika) ishlab chiqarish loyihasiga kredit ajratish masalasida amaliy yordam kursatish belgilanadi. Bunga Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, AT «Aloqabank» viloyat filiali hamda shahar hokimligi masul ekanligi kursatib utilgan.

«Andijon ekspert baholash konsalting» MChJ direktori Kh.Nuriddinov imzo chekkan hujjatda aytilishicha, 2018 yil 5 mart kuni tuzilgan №08/03-sonli «Mol-mulklarni baholash khizmatini kursatish tugrisida»gi shartnomaga asosan baholash ishlari amalga oshiriladi. Hisob-kitob natijalariga kura, bino-inshootlarning baholash sanasiga aniqlangan qiymati 1 651 775 108,0 (bir milliard olti yuz ellik bir million etti yuz etmish besh ming bir yuz sakkiz) sumni tashkil etgan.

«Eldaz Design» MChJ rahbari Kh.Ulugbabaev 2018 yil 16 mart kuni AT «Aloqabank» Andijon filiali boshligi U.Jololovga kredit olish maqsadida ariza bilan murojaat qilgan. Arizada u bank filiali boshligidan khom ashyo sotib olishga aylanma mablag uchun 1 150 000 000 (bir milliard bir yuz ellik million) sum miqdorida kredit mablagi ajratishini suragan. Kredit taminoti khususida quyidagilarni bayon qilgan: «Kredit taminoti sifatida «Eldaz Design»MChJga tegishli shisha koshin ishlab chiqarish uskunalari garovi va Andijon shahar hokimligi huzuridagi infratuzilma mulklarini boshqarish markazi DUKga tegishli Haj va Umra safariga boruvchilarga khizmat kursatish markazi bino va inshootlari garovini taqdim etamiz. Kredit tani va foizlarining uz vaqtida tulanishini kafolatlaymiz».

2018 yil 16 mart kuni garov obektini auksion savdolariga chiqarishda boshlangich bahosining kelishuv dalolatnomasi tuzilgan. AT «Aloqabank» shahar filialidan U.Jololov, A.Urunboev, A.Sotvoldiev, shuningdek, «Eldaz Design» MChJ rahbari Kh.Ulugbabaev, Andijon shahar hokimligi huzuridagi infratuzilma mulklarini boshqarish markazi DUK rahbari vazifasini bajaruvchi D.Khaliqov imzo chekkan mazkur dalolatnomada «Eldaz Design» MChJ tomonidan AT «Aloqabank» Andijon filialidan olinayotgan kredit mablagiga garov sifatida quyilayotgan mulklar narkhi kelishilgani aytib utilgan.

Jumladan, unda shunday deyiladi: «Andijon shahar hokimligi huzuridagi infratuzilma mulklarini boshqarish markazi DUKga tegishli, Andijon shahar «Dustlik» kuchasi 7-uyda joylashgan foydalanish maydoni 1 716,24 kv.m., qurilish maydoni 1 931,86 kv.m. bulgan Haj va Umra safariga boruvchilarga khizmat kursatish markazi bino va inshootlari kurikdan utkazildi. Andijon viloyati «Er tuzish va kuchmas mulk kadastri» davlat korkhonasi shahar filiali tomonidan 2018 yil 6 mart kuni berilgan 04/364-sonli malumotnomaga asosan bino va inshootlarning inventar qiymati 172 427 717 sum bulib, «Andijon ekspert baholash konsalting» MChJ tomonidan 2018 yil 6 mart kungi №08/03-sonli baholash hisobotiga asosan kuchmas mulk 1 651 775 108 (bir milliard olti yuz ellik bir million etti yuz etmish besh ming bir yuz sakkiz) sumga baholangan.

Bank khodimlari va mulk egasi tomonidan bozor holatidan kelib chiqib, ushbu mulk 767 500 000 sumga baholandi…

Bank ajratilgan kreditni garov hisobidan qoplash holatida garovga quyilgan mulklarni ushbu dalolatnomada kelishilgan narkhda sotib olish va balansga qabul qilish majburiyatini olmaydi».

AT «Aloqabank» Andijon filiali kredit komissiyasining 2018 yil 16 mart kuni utkazgan yigilishida «Eldaz Design» MChJga khom ashyo sotib olishga aylanma mablag tuldirish uchun 18 oy muddatga, 3 oy imtiyozli davr belgilab, yillik 20 foizlik ustama tulash sharti bilan 1 150 000 000 (bir milliard bir yuz ellik million) miqdorida kredit mablagi ajratish masalasi kurib chiqilgan. Kun tartibiga quyilgan masala atroflicha muhokama qilinib, komissiya «Eldaz Design» MChJga kredit ajratish haqida qaror qabul qilgan. Kredit taminoti sifatida «Eldaz Design» MChJga tegishli shisha koshin ishlab chiqarish uskunalari va Andijon shahar hokimligi huzuridagi infratuzilma mulklarini boshqarish markazi DUKga tegishli «Takhtakuprik»dagi bino va inshotlar garovi qabul qilingan.

Shu tariqa, AT «Aloqabank» filiali va «Eldaz Design» MChJ urtasida 215-sonli kredit shartnomasi imzolandi. Bu shartnoma notarial idorada 3-74-reestr raqami bilan qayd etilgan.

Shartnomaga asosan, «Eldaz Design» MChJga 18 oy muddatga 1 150 000 000 (bir milliard bir yuz ellik million) sum miqdorida kredit ajratilgan.

2018 yil 14 iyun kuni AT «Aloqabank» Andijon filiali va «Eldaz Design» MChJ rahbarlari urtasida qushimcha kelishuv bitimi tuzilib, unga kura, kredit shartnomasining 2-bandiga (kreditni qaytarish jadvaliga) uzgartirish kiritdi va kredit tanini 2018 yil 20 oktyabr kunidan sundirish boshlanishi belgiladi.

Kurib turganingizdek, hammaning kuz ungida qurilgan bino shahar hokimligidan DUKga utib, mutasaddilarni ishlab chiqarishi orqali kreditni tulay olishiga ishontirgan tadbirkorga garov sifatida quyib berildi.

Tadbirkor kreditni tulay olmadi…

Biroq «Eldaz Design» MChJ tulov muddatlarini buzib, kredit shartnomasi buyicha majburiyatlarini bajarmagan. Natijada, 2018 yil dekabr oyi holatiga qarzdorning kredit shartnomasiga kura kredit tanidan 1 116 761 151,55 sum, muddati utgan foizlardan 53 295 349,67 sum, hisoblangan penyasidan 2 324 473,23 sum miqdorida qarzdorligi yuzaga kelgan. AT «Aloqabank» Andijon filiali mamuriyati kredit shartnomasi shartlari qupol ravishda buzilgani uchun 2018 yil oktyabr va noyabr oylarida qarzdorga talabnoma yuborgan va majburiyatlar garovdagi mulkka qaratilishi haqida ogohlantirgan. Lekin qarzdor tomonidan bu talabnoma oqibatsiz qoldirilgan. Shu bois AT «Aloqabank» Andijon filiali viloyat iqtisodiy sudiga davo arizasi bilan murojaat qilgan.

Sud bu davo arizasini 2019 yil yanvar oyida kurib chiqqan va shu kungi holatga qarzdorning muddati kelmagan kredit tanidan 766 666 668 sum, muddati utgan kredit qarzidan 95 833 333 sum, hisoblangan penyasidan 14 041 650,31 sum qarzi mavjudligini qayd etgan.

Andijon tumanlararo iqtisodiy sudi sudya R.G.Asqarov raisligida mazkur masalani kurib chiqqach, 2018 yil 24 yanvar kuni «Eldaz Design» MChJ hamda qushimcha javobgar – Andijon shahar hokimligi huzuridagi infratuzilma mulklarini boshqarish markazi DUK hisobidan AT «Aloqabank» foydasiga muddati kelmagan 766 666 668 sum kredit tani, tulov muddati utgan 95 833 333 sum kredit qarzi, hisoblangan 14 041 650,31 sum foiz, 287 499,99 sum penya hamda 16 218 sum pochta kharajati undirish haqida hal qiluv qarorini chiqardi. Shuningdek, undiruv «Eldaz Design» MChJ tomonidan garovga quyilgan ishlab chiqarish uskunalari va bino-inshootlarga qaratilishi kursatib utildi. Garovga quyilgan ishlab chiqarish uskunalarining boshlangich sotuv bahosi garov shartnomasiga asosan 670 000 000 sum deb belgilandi. Andijon shahar hokimligi huzuridagi infratuzilma mulklarini boshqarish markazi DUKga tegishli bino-inshootlarning boshlangich sotuv bahosi esa garov shartnomasiga binoan 767 500 000 sum etib belgilab quyildi. Sudning hal qiluv qarori 2019 yil 25 fevraldan qonuniy kuchga kirdi.

Shuni takidlash lozimki, Uzbekiston Respublikasi «Garov tugrisida»gi Qonunining 26-moddasiga binoan, garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun undiruvni qarzdor garov bilan taminlangan majburiyatni uzi javobgar bulgan vaziyatlarda bajarmagan taqdirda yoki lozim darajada bajarmaganda garovga quyilgan mol-mulkka qaratish mumkin. Mazkur Qonunning 27-moddasiga kura, garovga oluvchining (kreditorning) talablari garovga quyilgan kuchmas mol-mulk qiymatidan sudning qaroriga muvofiq qondiriladi.

Shuningdek, «Garov tugrisida»gi Qonunning 28-moddasida mazkur Qonunning 26-modasiga muvofiq, undiruv qaratilgan garovdagi mol-mulkni realizasiya qilish (sotish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kim oshdi savdosida sotish orqali amalga oshiriladi.

Bu jarayonda bank mavjud qonun va qoidalar asosida ish kurgani kurinib turibdi.

Bino sotiladimi?

Bundan ikki hafta oldin Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov sobiq masjid binosida yashab kelgan oilalar azolarini qabul qildi. 19 oilaga 2 sotikhli yangi uy-joylar ajratiladigan buldi, yana 8 oilani esa Andijon shahridagi bush turgan kvartiralarga kuchirib utkazishdi.

Shuningdek, viloyat hokimi kuni-kecha «Aloqabank»ning Andijon filiali rahbari G.Yusupov, Andijon shahar hokimi D.Rahmatullaev, «Eldaz Design» MChJ rahbari Kh.Ulugbabaevni yigib, auksionga quyilgan madrasa binosi masalasi buyicha kichik yigilish utkazdi.

Unda viloyat hokimi aholi vakillari tomonidan «Takhtakuprik» mahallasidagi inshootlarni auksion savdodan olish va undan maqsadli foydalanish buyicha murojaatlar kuplab tushganini aytib, uz vaqtida ayrim mutasaddilarning uz vazifasiga loqaydlik bilan qaragani oqibatida madrasa inshooti auksion savdoga chiqib ketgani, mazkur holat buyicha viloyat prokuraturasi tekshirish boshlashi haqida malumot berdi.  Yigilganlar bilan  muammoli holatni echimini topishga urindi.

«Aloqabank» rahbari, «Eldaz Design» MChJ tomonidan muddati utgan qarzdorlikni tulab, qolgan muddati utgan qarzdorlikni jadval asosida tulash haqidagi yozma khatidan sung muammo kurib chiqilishini bildirdi. «Eldaz Design» rahbari vadasiga kura qarzdorlik 20 may kuni tula qoplanishi lozim.

Shu haftada Andijondagi «madrasa voqeasi» qanday yakun topishi malum buladi.

Hurmatli mutasaddilarimiz kim tomonidan qurilib, bunyod etilgani emas, balki shahar markazidagi mahalla urtasida qad kutarib khalq mulkiga aylanib bulgan bino taqdiriga befarq bulmay, har bir qarorni ming ulchab chiqarishlari kerakligi buyicha khulosa chiqarsalar bular edi.

Imom Marginoniy rohimahulloh «Hidoya» asarida shunday yozadilar: «Kim uz erini masjidga aylantirsa, keyin u ushbu tasarrufidan qaytolmaydi, uni sota olmaydi, meros qilib qoldirolmaydi. Chunki masjidga aylantirilgan er bandalarning mulkiyatidan chiqadi va kholis Alloh taoloning mulkiga aylanadi.

Uzi aslida barcha mulk Alloh taolonikidir. Bandalikka oid mulk haqqi soqit bulsa, u mulk uz asliyatiga qaytadi. Endi banda usha mulkning tasarrufidan kesiladi. Khuddi qul ozod qilish masalasi kabi.

Agar masjidning atrofi kharobaga aylanib, masjidga ehtiyoj qolmasa ham, Abu Yusuf rohimahullohning nazdida usha er masjidligicha qolaveradi. Chunki u erda bandalik mulki soqit bulgan. Endi bu mulkni banda mulkiga aylantirib bulmaydi»… «Hidoya maal Fathil Qodiyr» 5/446.

Viloyat hokimi ayni paytda mazkur bino muammosi buyicha «Aloqabank» AT mutasaddilari bilan muzokaralarni boshlagan. Nasib qilsa, tez kunlarda bino masjid sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Voqealar rivoji qanday kechishini kuzatib boramiz.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Ramazon hayiti 5 iyun 2019 kuni nishonlanadi

Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 may kuni Ramazon hayitini nishonlash tugrisidagi qarorni imzoladi. Bu haqda …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари