Home / Jamiyat / AQShda 70 yil ichida ilk bor federal darajada ayol kishi qatl etildi
Место рекламы

AQShda 70 yil ichida ilk bor federal darajada ayol kishi qatl etildi

AQSh federal turmasida 1953 yildan beri ilk bor ayol qishi qatl etildi. Ulim jazosi 2004 yilda homilador ayolni uta shafqatsizlik bilan uldirgan 52 yoshli Liza Montgomeriga nisbatan ijro etildi.

Liza Montgomeri / Foto: Reuters

Ayol mahbusni qatl etish haqidagi qarorni AQSh oliy sudi qabul qilgan. Uning ijrosi ulimga olib keluvchi ineksiyani kiritish bilan amalga oshirilgan.

Montgomeri 2004 yilda 23 yoshli homilador Bobbi Jo Stinnettni bugib uldirgani uchun sudlangan bulgan. Qotillik qurboni homiladorlikning 8-oyida bulgan. Montgomeri ayolni uldirgach, uning homilasini chiqarib olib, uziniki qilib kursatishga uringan.

Qotil va qurbon internet orqali tanishishgan. Stinnet it kupaytirish bilan shugullangan, uning qotilini esa yosh ayol uz suratlarida homilador bulgani jalb qilgan. Montgomeri kuchuk bolasi sotib olish bahonasida uz qurboni bilan uchrashishga kelishib, uning Missuridagi uyiga kelgan.

Tergovning fikricha, Montgomeri uz qurboniga hujum qilishga pukhta tayyorgarlik kurgan va homilani kesarcha tugdirish buyicha malumotlarni urganib chiqqan. Stinnetni onasi ulik holda topgan.

Polisiya sanoqli soatlarda qotillikni fosh qilgan. Izquvarlar qotilni uning kompyuteri IP-adresi orqali aniqlashgan.

2007 yil oktyabrda Missuri sudi Montgomerini aybdor deb topib, ulim jazosiga mahkum qilgan.

Montgomerining himoyachisi uning qatl etilishini noqonuniy va khato deb atagan. Uning takidlashicha, sudlanuvchi ruhiy nosoglom bulgan. Shu asosda advokat prezident Donald Trampga Montgomerining afv etilishi iltimosi bilan murojaat qilgan. Biroq ayblov qotillik oldindan rejalashtirilganini takidlagan.

Montgomerining qatl etilishi 2021 yilda AQShda federal darajada amalga oshirilgan birinchi qatl buldi. Yana bir etiborli jihati, Montgomeri 1972 yilda AQShda jinoyat kodeksi isloh qilingandan keyin qatl etilgan uchinchi ayol buldi.

AQShda federal darajada ulim jazosini qaytarish qarori 2019 yil yozida qabul qilingan. Shu bilan birga shtatlarga uz hududlarida ulim jazosini qoldirish yoki uni bekor qilish buyicha qaror chiqarish ularning uz hukmiga qoldirilgan.

AQShda 2020 yil 13 iyulda 17 yillik norasmiy taqiqlovdan keyin federal turmada ilk ulim jazosi ijro etilgandi. Ushanda 3 kishilik oilani uldirgani uchun sudlangan 47 yoshli Deniel Lyuis Li qatl etilgandi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

prePSHo9m9coHrwKQY9hPk5H-NIsOGlH

«Bizdagilar sovga berishni yakhshi kurishadi» – Ruslanbek Davletov voz kechilishi kerak bulgan milliy ananalar haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov davlat tashkilotlaridagi korrupsion holatlar va buning milliy mentalitetga aloqadorligi borasida fikr …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари