Home / Siyosat / AQSh Sirdaryoda toshqindan zarar kurgan oilalar uchun zarur vositalarni etkazib berdi
Место рекламы

AQSh Sirdaryoda toshqindan zarar kurgan oilalar uchun zarur vositalarni etkazib berdi

Insonparvarlik yordami oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zarur narsalardan (gigiena vositalari, kurpa-tushaklar, choyshablar, suv tozalash uchun tabletkalar va boshqalar) tashkil topgan.

Foto: AQShning Uzbekistondagi elchikhonasi

AQShning Uzbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum AQSh Uzbekistonga kursatayotgan yordamining bir qismi sifatida, Sardoba suv ombori upirilishi ortidan “Soglom avlod uchun” nodavlat khayriya jamgarmasiga zarur vositalarni topshirdi. Ushbu insonparvarlik yordami tabiiy ofatdan jabrlangan 2000ta oilaga etkaziladi.

Qushma Shtatlarning Uzbekistondagi elchikhonasi khabar qilishicha, AQSh hukumati Khalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) qoshidagi Tabiiy ofatlarda yordam kursatish boshqarmasi orqali taqdim etgan insonparvarlik yordami oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zarur narsalardan (gigiena vositalari, kurpa-tushaklar, choyshablar, suv tozalash uchun tabletkalar va boshqalar) tashkil topgan.

Bularning barchasini Uzbekistondagi “Soglom avlod uchun” jamgarmasi mahalliy ishlab chiqaruvchi va etkazib beruvchilardan sotib olib, har bir jabrlangan oila uchun alohida paketlarga joylagan. Jamgarma ushbu insonparvarlik yordamini suv toshqini bulgan hududlarga etkazib beradi hamda uni Sirdaryo viloyatidagi hududiy filiali orqali tarqatadi.

“Sirdaryo viloyati hokimiyati bilan hamkorlikda “Soglom avlod uchun” jamgarmasi yordamga muhtojlarni aniqladi va u AQSh hukumati kumagi uz egalariga etib borishini kafolatlaydi. Ushbu khayriyadan asosiy maqsad ehtiyojmand oilalarning khavfsizligi, tinchligi, sanitariya himoyasi va shakhsiy gigienasini qullab-quvvatlashdan iborat.

Ushbu insonparvarlik yordami bilan AQSh hukumati suv ombori upirilishi tufayli uylaridan evakuasiya qilingan muhtoj oilalarga oziq-ovqat va boshqa asosiy vositalarni tarqatish orqali Uzbekistonga inqirozga tegishli javob qaytarishda yordam beradi”, – deyiladi malumotda.

Qayd etilishicha, favqulodda yordamni qullab-quvvatlashdan tashqari, USAID mamlakat iqtisodini diversifikasiya qilish va mintaqaviy savdoni kuchaytirish, salomatlikka jiddiy khavflarni bartaraf etish hamda aholi ehtiyojlarini qondirishda hukumat imkoniyatlarini mustahkamlash maqsadida Uzbekiston hukumati bilan birgalikda ish olib bormoqda.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

O1972Qf8_xtGLnfJd4Ym1pMSXaUfX8st

Samarqand shahrida karantin vaqtida ham tungi klublar ishlayotgani malum buldi

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida joriy qilingan karantinga qaramay, Samarqand shahridagi tungi klublar uz faoliyatini …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари