Home / Jahon / AQSh Afgonistonga moliyaviy yordamni 1 mlrd dollarga qisqartiradi
Место рекламы

AQSh Afgonistonga moliyaviy yordamni 1 mlrd dollarga qisqartiradi

Vashington Afgonistonda barcha siyosiy kuchlar vakillarini uz ichiga oluvchi “inklyuziv hukumat”ni tashkil etish buyicha muzokaralar barbod bulgandan keyin Kobulga ajratishni rejalashtirgan moliyaviy yordamni 1 mlrd dollarga qisqartirishga qaror qildi.

Foto: John Moore / Getty Images

Bu haqda AQSh davlat departamenti bayonotida aytilgan.

Takidlanishicha, AQSh Afgoniston prezidenti Ashraf Gani va bosh vazir, prezident saylovlarida ishtirok etgan Abdulla Abdulla “inklyuziv hukumat” borasida kelisha olmaganlaridan afsuslanish bildirgan.

Shu sababli Vashington “Afgoniston bilan hamkorlik doirasini qayta kurib” chiqmoqchi.

“Jumladan, biz Afgonistondagi kharajatlarimizni cheklashimizni elon qilamiz va joriy yildagi moliyaviy yordamimizni bir milliard dollarga qisqartiramiz”, deb aytilgan bayonotda.

Shuningdek, 2021 yilda ham moliyaviy yordam 1 milliard dollarga qisqartiriladi.

18 fevralda Gani Afgonistonda 2019 yil utgan prezident saylovlarining golibi deb elon qilingan. Biroq uning asosiy raqibi Abdulla Abdulla saylovlar natijalarini tan olishdan bosh tortgan.

Ayni vaqtda mamlakatda qushhokimlik yuzaga kelgan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

5e78616502e8bd45be7ce4f0-680x382

Ispaniyada koronavirus sabab barcha professional futbol musobaqalari tukhtatildi

Ispaniyada koronavirus pandemiyasi sabab professional futbol buyicha barcha chempionatlar tukhtatildi. Bu haqda Ispaniya futbol federasiyasi …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари