Muhim uchrashuv, hal qiluvchi tadbir, ahamiyatli shakhsiy voqea… Hayotda hayajonga sabab buladigan voqealar kup uchrab turadi. Va u yurakning tez-tez urishi, qullarning terlashi va qorindagi yoqimsiz holat bilan birga kechadi.

p_2611_e74b0769af0a68cc1a30fd43a4c47f3d_2_800x600-680x454Foto: Getty

Biz sizga hayajon belgilarini qanday qilib engish haqida aytmoqchimiz.

Hafsala qilamiz va dam olamiz

Tinchlanishning asosiy sirlaridan biri muntazam ravishda uz ustida ishlashdan iborat. Agar hayajon tabiatan sizning doimiy hamrohingiz bulsa, yakhshisi u bilan har qanday mos keluvchi ichki tinchlanish vositalari yordamida kurashgan maqul.

Bu yoga, meditasiya, khayoliy mashqlar bulishi mumkin… Hatto kashta tikish yoki idishlarni yuvish ham mos keladi, agar aynan shu mashgulotlar sizning asablaringizni tinchlantiradigan bulsa.

Muhim uchrashuv yoki tadbir oldidan suhbat jarayonini yolgiz uzingiz batafsil repetisiya qilsangiz ham buladi.

Sizga qanday savollar berilishi mumkinligini takhmin qilishga harakat qiling va oldindan javoblarini tayyorlang.

Nafas olamiz, nafas olamiz va yana nafas olamiz!

Hayajonning kupchilik alomatlari — kaftlar namligining yuqori bulishi, yurakning tez-tez urishi, engil bosh aylanish — bu organizmning adrenalin va stress gormoni kortizolning otilib chiqishiga nisbatan tabiiy fiziologik reaksiyasidir.

Bu alomatlardan tezda qutulish mumkin, masalan nafas olish mashqlari yordamida. Bushashtirishning asosiy qoidalaridan biri qorin bilan nafas olishdir. Qorin havo bilan tulishi va belni bosishi uchun asta-sekinlik bilan chuqur nafas olish kerak.

Nafas chiqarishda bel biroz pastga tushishi, oyoqlar esa bushashishi kerak. Nafas olishning bunday turi nafaqat tinchlanishga, balki organizmning kislorod bilan tuyinishiga ham yordam beradi.

Manba: «Zdorovie.com»